Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“E’tirof-2015” bo’ladimi? xatolar qachon barham topadi?

“E’tirof” mukofoti topshirilishiga 1 oy qoldi. O‘tgan yildagi xatolar bu yil ham takrorlanadimi?
   Har yil yakunida turli sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinishi tabiiy. Madaniyat va san’at, sport, televidenie, radio kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida 2013 yildan buyon “E’tirof” milliy mukofoti o‘tkazilib kelinadi. Ko‘pchilikka ma’lumki, an’anaga ko‘ra  joriy yilning dekabr oyida ham “E’tirof-2015” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respblikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Yoshlar madaniyat va san’at markazi tashabbusi bilan o‘tkazilib kelinayotgan “E’tirof” taqdirlash marosimida o‘tgan yili nominatsiyalar soni bir muncha ortib, jami 26 tani tashkil etgandi.

   Taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishiga bir oy vaqt qolgan bo‘lsa-da ovoz berish jarayonlari haligacha boshlangani yo‘q. To‘g‘ri, o‘tgan yillarda mukofot ijodiy jamoasi ancha “yosh” edi. Shu sabab minglab, millionlab tomoshabin va tinglovchilarning fikrini qamrab olishning imkoni bo‘lmadi. Biroq axborot texnologiyalari rivojlangan bir davrda nahot SMS orqali ovoz berishni yo‘lga qo‘yishning haligacha imkoni bo‘lmasa? “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining www.uzbeknavo.uz rasmiy saytida faqatgina “Yilning eng yaxshi estrada xonandasi” nominatsiyasi nomzodlariga ovoz berish mumkin, xolos.
Ular tavsiya qilgan ro‘yhatni ham xolisona tuzilgan deb bo‘lmaydi. Ro‘yhatdan o‘rin olgan xonandalar Munisa Rizayeva va Ulug‘bek Rahmatullaev “E’tirof-2014” mukofotini olgan edi-ku. Abdurashid Yo‘ldoshevchi? U bu yilgi ijodi bilan “E’tirof”ni olishga loyiqmikin? Ular orasida Shahzoda va Alisher Fayz eng to‘g‘ri nomzodlar, bizningcha. Xo‘sh boshqa san’atkorlar nega “O‘zbeknavo”ning ro‘yhatidan o‘rin olmadi? Bu yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura, xonandalar Sardor Mamadaliev, Shohruxxon “E’tirof”ga loyiq ijod qilishgan edi-ku. Tomoshabin va tinglovchilar ovoz bermasa “E’tirof” mukofotini topshirish, loyiqlarni aniqlab olish qay yo‘sinda amalga oshiriladi? Yo tashkilotchilar marosimga 15 kun qolganda xo‘jako‘rsinga ovoz yig‘ishni boshlasharmikin?

   Ikki yildirki mukofot tashkilotchilar tanlagan odamlarga topshiriladi. Muxlislar umuman boshqa odamni kutgan bo‘lsachi? Tanlovning xolisligi qaerda qoldi? (!) Yo o‘tgan yili ko‘pgina tomoshabinlarga yetib borishga ham ulgurmagan “Geolog” filmi “Yilning eng yaxshi filmi” deb e’tirof etilishini muxlislar istaganmidi? Asal Shodiyev esa kinodan butkul uzulganida “Yilning eng yaxshi aktrisasi” sifatida tan olingani ham ko‘pchilikka erish tuyulgandi. Fikrimizcha, nomzodlar orasida bu mukofotga “Gumrohlar” filmidagi roli bilan aktrisa Jamila G‘ofurova loyiq edi.  “Sharq” guruhining to‘y-hashamlardan ortmay birdan “E’tirof” olishi esa haqiqiy fantastika bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmas.  Aslida nomzodlar orasida “Afruz” va “Ummon” guruhlari turganda “Sharq” ro‘yhatga shunchaki to‘ldiruvchi sifatida qo‘shilgan shekilli, degan fikrlar ham yo‘q emasdi. “Nomi ulug‘, suprasi quruq” deganlaridek “Sharq” vokal cholg‘u ansambli nomi bilan tanish bo‘lsa-da biror qo‘shig‘i orqali “Yilning eng faol guruhi” nominatsiyasini qo‘lga kiritishi, yetti uxlab tushingizga kirmagan bo‘lsa kerak.
Mukofot haqida so‘z ketganda yana bir narsani unutmaslik kerak. Ulug‘bek Rahmatullaev va Munisa Rizayeva o‘z-o‘zidan “Yilning eng yaxshi xonandasi” bo‘lgani yo‘q, to‘g‘rimi? Demak, buning ortida qaysidir shoir va bastakorning mehnati yotibdi. Ulug‘bek Rahmatullaev va Munisa Rizayeva Jasur Badalboyev yoki Eldor Qayumov yozgan qo‘shiqlarni aytib “Yilning eng yaxshi xonandasi” deya e’tirof etilsayu “Yilning eng yaxshi bastakori” deb Musaxon Nurmatov tan olinsa, buni qaysi mezonlar bilan o‘lchash mumkin, axir? Har holda Munisa Rizayeva va Ulug‘bek Rahmatullaevni savlatiga emas aytgan qo‘shig‘iga qarab mukofotlashgan-ku. Shunga yarasha yil bastakori ham ularga qo‘shiq yozadigan bastakor yoki juda bo‘lmaganda ularning yo‘nalishida ijod qiladigan ijodkor bo‘lishi kerakmasmi?
Aytaman desang, xato va kamchiliklar juda ko‘p. “E’tirof” tashkilotchilari esa yutuqlarga sarmast bo‘lavermay, yaratib berilgan shart-sharoitlardan to‘g‘ri foydalanib, mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirish haqida bosh qotirsalar nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Ko‘ramiz, bu yilgi marosim o‘tgan yildagilardan farq qilarmikan? Sizningcha, “E’tirof-2015” mukofotiga kimlar loyiq? O‘z fikrlaringiz izohda qodiring.

Qamariddin Shayxov
Suratlar mualifi: Sherzod Ikramutdinov/www.afisha.uz


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5727 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 0| Рейтинг: E’tirof-2015, E’tirof
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
Isomiddinova Eng yaxshi ayol xonanda nominatsiyasiga SHAHZODA munosib
Like | 0
Zafar07 Bu yilgi mavsumda eng yaxwi erkak xonandalari manimcha Sardor Raximxon Bahrom nazarov Shohjaxon Jurayevlar ayol honandala esa Shahzoda Ziyoda Dilso'z ammo Munisa emas
Like | 0
Mahzuna2096 Tög'ri ötgan yili faqat Lola Eltoyeva va Rovwan Ermatov haqli raviwda mukofot oliwdi.
Like | 0
Mahzuna2096 Eng yahwi honanda - Aliwer Fayz yoki Shohruh xon

Eng yahwi ayol honanda - Shahzoda yoki Manzura

Eng yahwi gruh - albatta Ummon

Eng yahwi aktyor - Adziz Rajabov yoki Muhammadiso Abdulhayirov

Eng yahwi aktrisa - Jamila g'ofurova yoki Yulduz Rajabova
Like | 0
Azamat4846 Rayhon
Like | 0
_detka_ G'irt bomagan gap e'tiroffi yaxwi topwriwdyu ulaniyam aqli bor nma mokofot topwiriwdan oldin hc qanaqa tekwruvladan otmidi diyslami obdon tekwirilib maqullanib kn beriladiyu awulalani manosi gayam qarap beriladyu
Like | 0
kozmuncoq-94 Toppa tori gaplarz noxaqli bogandi otgan yili balki bu yil xamma xaqqoni taqdirlanar lekin 1oyda ulguriwarmikin :o
Like | 0
Rustamchikk Ummon
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное