Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shaxzoda Muhammedova: Zamonamizning zamonaviy qiziman

O‘zbek kinosining iste’dodli aktrisalaridan biri Shaxzoda Muhammedova ayni damda yangi “Men qotilman” deb nomlangan kartinada bosh rollardan birini ijro etmoqda. Bir necha kundan beri davom etayotgan suratga olish jarayonlari haqida aktrisa instagramdagi ijtimoiy tarmog‘idagi shahsiy sahifasida ma’lumotlar berib bormoqda. Filmda u turli imidjlarda ko‘rinadi. Buni uning suratlaridan bilib olish mumkin.

Shaxzoda Muhammedovaning fotosuratlariga uning kuzatuvchilari salbiy va ijobiy fikrlarini izohlarda yozib qoldirishmoqda. Kuni kecha instagram tarmog‘iga joylagan fotosuratlar ham bundan mustasno emas. Qoldirilgan izohlardan biroz jahli chiqqan Shaxzoda, barchaning savoliga javob berdi. “Xurmatli muxlislar va ba’zi sayoz fikrlaydigan, g‘iybatchilar diqqatiga!!! Men aktrisaman va qolaversa liboslar bo‘yicha dizaynerman. Doim lozim ishton kiyib yurolmayman. Men imidj va moda bilan faoliyat yuritaman. Faqatgina ba’zi rollarimda milliy yoki qishloq ayoli, yoki zamonaviy. Salbiy va ijodbiy rollarni ijro etaman va rolimga qarab kiyinaman. Iltimos ortiqcha g‘iybatga o‘rin yo‘q. Men zamonamizning zamonaviy qiziman” – deya izoh qoldirdi aktrisa Shaxzoda Muhammedova.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Shaxzoda Muhammedoa yangi “Notanish qotil” filmida bosh rollardan biri ya’ni Nigina obrazini yaratmoqda. Kartina boyevik, detektiv janrida.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12551 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zamonamiz, zamonaviy qiziman, Shaxzoda Muhammedova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Sardorbekgalaxy Kòrdik.zamonaviy qizligizni :p :p :p
Like | 0
mahliyo4979 Sevaman Shaxzodani koz tegmasin :)
Like | 0
mahliyo4979 Sevaman Shaxzodani koz tegmasin :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное