Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ishq Jodusi - All I want
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sharofatxonning kelinlari yoxud Navro‘z muborak

Yangilanish, yosharish bayrami bo‘lgan navro‘z ayyomiga ham sanoqli kunlar qoldi. Yangi kun ma’nosini anglatadigan mazkur bayramga allaqachon tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Navro‘z ayyomini sumalaksiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli xonadonlarda bug‘doy undirilib, qo‘ni-qo‘shnilar bilan birga katta qozonda sumalak pishiriladi.
Ana shunday sumalak bazmi bahonasida bir guruh ijodkorlar musiqali film suratga olishni rejalashtirishdi va bugun tasvirga tushirish ishlarining ilk kuni yakuniga yetdi. Bu loyihaga bosh-qosh bo‘lgan teleboshlovchi Feruza Nodirovani film to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida suhbatga tortdik.  
-Jarayonni kechishini kuzatib, aytish mumkinki mazkur film juda ham qiziqarliga o‘xshaydi? -Anchadan buyon xalqimizning sevimli filmlari bo‘lgan “Suyunchi”, “Mahallada duv-duv gap”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “To‘ylar muborak” asosida bir musiqali kino yaratish niyatida edim. Shu kunlarda Ruslan Mirzaev va Ozod Shamsga bu taklif bilan chiqdim. Ularga ham ma’qul kelgani bois, hamjihatlikda bu g‘oya ishlab chiqildi. “Sharofatxonning kelinlari yoxud navro‘z muborak” deb nomlangan musiqali filmni suratga olish jarayoning mana birinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu kinoda o‘zbek kinosi va estrada yulduzlarini taklif etganmiz. Ularning bir qismi hozir shu yerda.

Bugungi tasvirga tushirish jarayoni Sharofatxonning uyida bo‘lib o‘tmoqda. Sharofatxonning 10 ta kelini bo‘lib, ular bilan birgalikda sumalakka tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda.  “Suyunchi”, “Mahallada duv-duv gap”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “To‘ylar muborak”  filmlarining qahramonlari yangi ko‘rinishda bu filmimizda gavdalanadi.  Saida Rametova, Gulxumor Abdullayeva, Feruza Sobitova, Zuhra Soliyev, Zarina Nizomutdinova, Feruza Normatova, Sitora Alimjonova, Muqaddas Sa’dullayeva, Hilola Hamidova, Hadicha Qurbonova, shuningdek, Sardor Rahimxon, Ulug‘bek Rahmatullaev, Shahzoda, Rayhon, Guli Asalxo‘jayeva, Otabek Mutalxo‘jaev, Yodgor Mirzajonov va boshqalarni ushbu filmda ko‘rishingiz mumkin. Bu kartinada bosh rollarni Zarina Nizomutdinovaamda Otabek Mutalxo‘jaev ijro etadi. Shuni alohida aytish joizki, film quvnoq diologlarga, qiziqali voqealarga hamda musiqiy chiqishlarga boy film hisoblanadi. O‘ylaymanki, bu ijod mahsuli tomoshabinlarga navro‘z sovg‘asi bo‘la oladi.
Suratga olish jarayonlaridan ko‘rish mumkinki, film juda ham qiziqarli. Biz esa suratga olish jarayonining keyingi kunlari qanday ruhda o‘tishiga qiziqdik va  yana bir bor shu film haqida to‘xtalishga qaror qildik. Shunday ekan,  voqealar rivojini kuzatib boring.



Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6750 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sharofatxonning kelinlari, yoxud, Navro‘z muborak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное