Oybek va Nigora - Shiri... Oybek va Nigora - Shiri...
Rayhon - Tomchi (Video ... Rayhon - Tomchi (Video ...
Jamshid Abduazimov - Ke... Jamshid Abduazimov - Ke...
Nilufar Usmonova - Dema... Nilufar Usmonova - Dema...
Mustafo - Bir Olma (Vid... Mustafo - Bir Olma (Vid...
Ravshan Komilov - Tamom... Ravshan Komilov - Tamom...




Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoev: “2018 yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo‘ladi”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev kecha, 31 dekabr kuni O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini yo‘lladi. Prezidentning bayram tabrigi matni bilan tanishing.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi


Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Qadrli do‘stlar!

Jonajon Vatanimizga Yangi – 2018 yil kirib kelmoqda.

Siz azizlarni, mo‘’tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017 yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali bo‘ldi.

Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qo‘ydik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etdik.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2017 yilni barcha sohalarda yorug‘ yuz bilan yakunlashga erishdik.

Eng muhimi, davlatning xalqqa munosabati o‘zgarmoqda. Xalq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. El-yurtga xizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda.

Bularning barchasi odamlarimizning kundalik hayotida o‘z amaliy ifodasini topmoqda. Ularning ertangi kunga ishonchi yanada mustahkam bo‘lmoqda.

Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimiz ham, aytish mumkinki, g‘oyatda samarali bo‘ldi. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarimiz yangicha ruh va mazmun kasb etmoqda.

Bu esa mintaqamizda o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bo‘lmoqda. Biz bu strategik yo‘lni 2018 yilda ham izchil va faol davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin barcha mamlakatlar xalqlarini ham, Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tilaymiz.

Aziz yurtdoshlar!

Biz Yangi – 2018 yilga Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berdik.

Biz buyuk kelajagimizni aynan mana shunday yuksak maqsad va g‘oyalar asosida barpo etamiz.

Xalqaro maydonda keskin raqobat kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda bu eng to‘g‘ri va samarali yo‘ldir.

Shu ma’noda, 2018 yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo‘ladi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Yangi yilda ham xalqimiz hayot darajasi va sifatini, barcha toifadagi aholimiz daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat beramiz.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

Chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta e’tibor qaratamiz.

Ishonaman, 2018 yilda barchamiz birgalikda, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilib, o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarishga albatta erishamiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Mana shu nurafshon daqiqalarda hammamiz ezgu orzu-umidlar bilan Yangi – 2018 yilga qadam qo‘ymoqdamiz.

Mening niyatim, tilagim shuki, har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin!

Barchangizga dunyodagi eng katta baxt – oilaviy xotirjamlik, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini ko‘rish nasib etsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1167 | Голосов:: 0| Теги:: Shavkat Mirziyoev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Oybek va Nigora - Shirintoyim  
. Dilso'z - Aldab-Aldab  
. Shoxrux - Chilparchin  
. Ummon - Tamom  
. Doston Ubaydullayev - Lol Bo'laman  
. Shahzoda Muhammedova - Leytenant  
. Farrux Xamrayev - Kollej Qizlari 3  
. Oybek va Nigora - Madam  
. Akcent feat. Reea - My Lady  
. L'Onе - Frоm Russiа With Lоvе  
. Enriquе Iglеsiаs feat. Bаd Bunny - El Bаnо  
. Jo'rabek - Lolalar  .
. Dineyra - Bilmading  
. Sherzod Bek - Qani Qani  
. Sardor Mamadaliyev - Yig'latma  
. Ziyoda - Mening Qo'shig'im  
. Garri Sedjalni uchratganda - Butterfly  
. Garri Sedjalni uchratganda - Yaadon Mein  
. Ravshan Komilov - Tamomman  
. Munisa Rizayeva - Yomg'ir  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus