Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoev mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi


7 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi”.

Davlat rahbari yig‘ilganlarni yuksak unvonlar, orden va medallarga sazovor bo‘lgani munosabati bilan samimiy qutladi. Ular orqali barcha o‘zbekistonliklarni mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi bilan muborakbod etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar Konstitutsiya va Harakatlar strategiyasiga asoslanishini alohida ta’kidladi.

Davlat rahbari yakuniga yetib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalar ekan, xalq bilan muloqotda bo‘lib, odamlarning og‘irini yengil qilishga asosiy e’tibor qaratilganini qayd etdi.

“Xalqimiz Yaratgandan avvalo tinchlik-xotirjamlikni so‘raydi. Shundan so‘ng, o‘z uyim, boshpanam bo‘lsa, oilam, bola-chaqam bilan sog‘-salomat yashasam, deydi. Biz xalqimizning ana shunday orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ikkita masalaga, ya’ni ichki ishlar va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga katta e’tibor qaratayapmiz”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbari iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish mavzuiga to‘xtalib, o‘nlab yangi sanoat korxonalari bunyod etilayotgani, valyuta bozori liberallashtirilib, so‘mning erkin konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladi.

Ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ham qator qarorlar qabul qilindi. Davlat rahbari ushbu sohalar vakillari bilan bir necha bor uchrashib, ular oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qildi. Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga zarur mablag‘ va resurslar ajratildi. Yangi ilmiy markazlar, texnoparklar tashkil etildi. Innovasion rivojlanish vazirligi tashkil etilgani bu borada muhim yangilik bo‘ldi.

“Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovasion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q. Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbari 2017 yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, xalq bilan bamaslahat ish olib borgan odam ham, davlat ham hech qachon kam bo‘lmasligiga, har qanday qiyinchiliklarni yengib, o‘zining ezgu maqsad-muddaolariga albatta erishishiga barchamiz kundalik hayotimizda ishonch hosil qilayotganimizni alohida ta’kidladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2582 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное