Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qirolicha - Soundterck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Klon-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoev paxta mavsumi oldidan muhim qarorni imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "2017 yilda g‘o‘za defoliatsiyasini o‘z vaqtida va samarali o‘tkazish bo‘yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"Qaror imzoladi.

2017 yilda g‘o‘za defoliatsiyasini o‘z vaqtida va samarali o‘tkazish bo‘yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida 2017 yil 21 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3229-son qarori

G‘o‘zani sifatli defoliatsiya qilish, paxta hosilini erta muddatlarda yig‘ishtirib olish va paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish uchun dalalarni o‘z vaqtida tayyorlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2017 yilda g‘o‘za defoliatsiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari to‘g‘risidagi 1-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari chigit ekish muddatlari, navi va g‘o‘zaning yetilish davri, joylardagi ob-havo-iqlim sharoitlarini, ko‘sak ochilishi sur’atlarini hisobga olgan holda tumanlar va fermer xo‘jaliklari bo‘yicha g‘o‘zani 1-ilovada belgilangan maydonlar va muddatlarda defoliatsiya o‘tkazish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar.

G‘o‘za defoliatsiyasining belgilangan muddatlarda va sifatli o‘tkazilishi hamda defoliantlarni ishlatish normalari va tavsiyalariga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zagrokimyohimoya” AJ rahbarlari zimmasiga yuklansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzaev:

besh kun muddatda defoliatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiruvchi respublika ekspert ishchi komissiyasini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va tumanlarda ekspert ishchi komissiyalarni shakllantirsin, ularning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat”AJ, O‘zbekiston “Sifat” markazi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ mutaxassislarini kiritib, ularning zimmasiga g‘o‘za defoliatsiyasi ishlari tashkil etilishi va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlashga doir aniq vazifalar yuklasin;

defoliatsiya ishlari o‘tkazilishi yuzasidan qat’iy va doimiy nazoratni ta’minlasin hamda agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish borasida belgilangan muddatlar va me’yorlarga rioya etishni ta’minlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini ko‘rsin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zagroservis” AJ joriy yilning 31 avgustigacha bo‘lgan muddatda:

fermer xo‘jaliklari bo‘yicha defoliatsiya o‘tkaziladigan maydonlarni aniqlasinlar va har bir tumanni defoliantlar bilan ta’minlash hamda ularni alohida ajratilgan joylarda tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, defoliatsiyani tashkil etish va maqbul muddatlarda o‘tkazish tadbirlarini - “yo‘l xarita”larini ishlab chiqsinlar. G‘o‘za defoliatsiya qilinadigan maydonlarni belgilashda urug‘lik go‘za maydonlari hisobga olinmasin;

yerda ishlatiladigan texnikalardan to‘liq foydalanishni ta’minlashga e’tibor qaratib, defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan o‘tkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;

g‘o‘za maydonchalarini tayyorlashni tugallasinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud bo‘lishini ta’minlasinlar.

5. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “O‘zagrokimyohimoya” AJ buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning 2-ilovaga muvofiq 2017 yil 31 avgustgacha mintaqalarga yetib borishini ta’minlasin.

Viloyatlar hokimliklari joriy yilning 31 avgustiga qadar maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy sharoitlar yaratilishini tugallasinlar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi defoliatsiya o‘tkazilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin hamda defoliantlarni qo‘llash me’yorlariga rioya etilishi va defoliatsiyaning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratsin.

7. “O‘zneftmahsulot” AJ yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda purkagichlar va samolyotlar ishlarini ta’minlash uchun g‘o‘zani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi bir hafta muddatda, asoslangan buyurtmanomalarga binoan tijorat banklariga fermer xo‘jaliklari uchun g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazishga zarur kredit mablag‘larini, kelgusida ulardan defoliantlar xarid qilish hamda “O‘zagrokimyohimoya” AJ va «SAR» aviakompaniyasi xizmatlariga haq to‘lash uchun foydalanish maqsadida, belgilangan tartibda ajratsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zagrokimyohimoya” AJ raisi U.A.Axunov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6966 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoev, qaror, Paxta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное