Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston paxtaning 70 foizini eksport qilishdan voz kechadi

O‘zbekiston hukumati paxta tolasi eksportini kamaytirish yo‘nalishida maqsadli siyosatni olib bormoqda. Bu haqda 14 oktabr kuni Toshkentda ochilgan paxta yarmarkasi arafasida o‘tkazilgan anjumanda Bosh vazir Shavkat Mirziyoev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2015 yil oxirigacha ichki ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirish ortidan 500 ming tonna paxta tolasini eksport qilishdan voz kechiladi. 2020 yilgacha esa O‘zbekiston paxtaning 70 foizini o‘z hududida qayta ishlash salohiyatiga ega bo‘ladi.
“O‘zbekengilsanoat” shirkatining bildirishicha, bu maqsadga erishish uchun mamlakat tekstil sanoati modernizatsiyasiga 2015-2020 yillar mobaynida 1 milliard dollar mablag‘ ajratilmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston o‘zida yetishtirilgan paxtaning 44 foizini qayta ishlay oladi.  O‘zbekistonda har yili yetishtirilgan 3,5 million tonna paxtadan kamida 1 million tonna paxta tolasi olinadi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6179 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: eksport, O‘zbekiston, Paxta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
aysberg Бундан кимга фойда?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное