Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev 2022-yilgi Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “2022-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Unga ko‘ra, 2022-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatda “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida keng nishonlanadi.

Navro‘z umumxalq bayrami Qoraqalpog‘iston, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayllari shaklida o‘tkaziladi. O‘z navbatida Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasi alohida dasturlar asosidagi xalq sayllariga mezbonlik qiladi.

Fuqarolarga bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama e’zozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” va “mehr daftari”ga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam berish tavsiya qilinadi.

Shuningdek, qarorda barcha tadbirlar karantin qoidalari va jamoat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1015 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bayrami, Shavkat Mirziyoyev, Navro‘z, 2022-yilgi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
pari0830 Navro'z Bayramini juda yaxshi ko'raman.... ;)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное