Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shaxboz va Navruz yangi klip suratga olishdi “Yordam Ber”


Yaqindagina saytimiz tomonidan bir qancha xonandalarimizga cheklovlar o’rnatilgani haqida habar berib o’tgan edik. Ushbu cheklovdan so’ng bir qancha foydalanuvchilarimiz bizning ijtimoiy tarmoqdagi saxifalarimizga turli-xil e’tirozlarini bildirib o’tishdi. Ayniqsa Shaxboz va Navruz taronalarini saytga yuklashimizni so’rab ko’plab murojaatlar kelib tushdi. Afsuski ma’lum sabablarga ko’ra hozirda saytimizga ularning yangi “Yordam Ber” nomli klipini yuklay olmaymiz.

Ammo klip haqidagi fiklarimizni siz foydalanuvchilarimiz bilan bo’lishamiz.

Klipni Ali Media ijodkorlari suratga olishgan. Dilafruz Ali tomonidan yozilgan ajoyib senariy (sujet). Klip rejissiyori albatta Ikrom Ali. Siz bu ijodkorni Farrux Hamrayevning kliplari orqali yaxshi taniysiz.

Ho’sh Eng avvallo, zo’r tarona, o’ta ta’sirli, Uni tinglaganimizning o’zida qalbimizda turli-xil hissiyotlar, ayrimlarimizda esa o’tmish hotiralarimiz yodga tushadi. Tarona uchun 10 balli tizimda 8 ball.

Endi klip haqida: Ajoyib g’oya va zo’r senariy, Bu uchun Dilafruz Aliga tassanno. 10 balli tizimda 8,6 ball.

Klipning aktyor va aktirisalar tanlanishi haqida gapirmay qo’ya qolamiz…

Klipning suratga olinishi: Rejissura va va montajni 10 balli tizimda 4,9 ball bilan baholaymiz.

- Nega?

Sababi zo’r g’oya va ajoyib taronani to’liq yoritib berilmagan. O’zi aslida Qo’shiq nomi “Yordam Ber” klipni ko’rib yakunida shunday savol berdim: Kimga yordam kerak, kim yordam so’ramoqda? Yolg’ondan ko’r ro’lini o’ynagan yigitmi? Yoki bu yolg’onchiga ishonib haqiqatni ko’ra olmagan qizmi? Bir necha bor klipni ko’rdim, uning har bir so’zlariga ahamiyat berdim, Lekin tushunish baribir qiyin bo’ldi. Tog’ri siz tushunmagandursiz deb ijodkorlarimiz holatdan chiqishga urinishar, Lekin klip har  bir tomoshabin uchun tushunarli bo’lishi kerak emasmi?

Klipda qiz otasidan pul so’raydigan saxna mavjud, o’sha yerda kameradagi ovozdan foydalanilgan, shovqin va shumlar bilan juda hunuk tasvirlangan. Naxotki shu qisqa joy uchun studiyada ovoz yozib joylashtirishni imkoni bo’lmagan.

Klip so’ngida qiz yigitning ko’r emasligini ko’rib qoladi, yigit esa uning ortidan yugurganda mashina urish saxnasi umuman o’xshamagan. Yigitning yeqilishini qarang, shu tarzda yeqilgan yigit ko’r bo’lib qolishi mumkinmi? Mashina unga teggani ham yo’qku.

U ham maylin, shunchalar jiddiy avto halokat bo’libdida, ammo yigitni faqat ko’zini bog’lab qo’yishibdi, Qolgan joylarida birorta iz ham yo’q. Maylin aperatsiyadan kegin bir necha hafta o’tgan deb bahona qilishsa, Unda nega ko’zdagi bog’ichlar yechilmagan. Ahr ko’z bog’ichlari uzog’i bir haftada yechilsa kerak.

Agar ko’r bo’lib qolgani haqidagi saxnani qidirgan bo’lsangiz, unda bu saxnani kasalxonada olishingiz lozim edi. Shunda yanada ta’sirliroq chiqqan bo’lar edi.  

Hayronman, nega bunday klip bo’ldi. Balkim ijodkorlarimizda moddiy tomondan muammolar bordur. Ammo bu qadar ko’p hatoliklar bilan pul sarflab klip olish to’g’ri bo’larmikin…  

Ha maylin, nima bo’lganda ham ularga omad tilaymiz. Klip shunday chiqqan bo’lsa ham u ko’plab muxlislarga yoqqan deb o’ylaymiz.

Ijodkorlardan tanqid uchun uzr so’rab, keying kliplarda albatta bu kabi hatoliklarni oldini olish choralarini ko’rishadi deb, umid qilamiz.

 

Saytimiz faol foydalanuvchisi tayyorladi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5254 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yordam Ber, Shaxboz va Navruz, suratga olishdi, yangi klip
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
farhod8483 xa zur admin aka har doim klip ham zur deya olmaymiz lekin Shahboz Navrözga omad tilayman
Like | 0
аватар отсутствует Zo'r admin, gaplarizga 100% qowilaman, yawen, wunaqa kliplani faqat maqtivurmiy, tanqidam qib turiylaaaa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное