Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shou-biznes vakillarining Instagram saxifasida nima gap?

Instagram ijtimoiy tarmog‘i hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Biz u orqali har qanday yangilikdan birinchi bo‘lib xabar topamiz. Ayniqsa san’at olami vakillari bilan muxlislarni bog‘laydigan eng qisqa ko‘prikka aylangan instagram olamida shu kecha – kunduzda nima gap, birgalikda kuzatamiz!

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ona bo‘ldi
Yosh bo‘lishiga qaramay , o‘zining bir qator film va kliplardagi obrazlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan, kino sohasida yillar davomida xizmat ko‘rsatib, xalqimiz muhabbatiga sazovor bo‘lgan Sa’dullaevlar sulolasining davomchisi Muqaddas Sa’dullayeva onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Aktrisaga qiz farzand muborak bo‘lsin deymiz va ona va bolaga eng yaxshi tilaklarni tilab qolamiz.

Munisa Rizayeva o‘zining “online” do‘konini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbek estradasining yorqin yulduzi  Munisa Rizayeva instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining “online” do‘konning faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Mazkur sahifa haqida batafsil ma’lumotni siz instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

“O‘zi kelar yor-yor, o‘zi ketar yor-yor”
Mahoratli rejissyor Jahongir Ahhmedov o‘zining navbatdagi filmini suratga olish ishlarini boshlab yubordi. “O‘zi kelar yor-yor, o‘zi ketar yor-yor” deb nomlangan ushbu kartina rejissyorning avvalgi filmlari kabi kino ixlosmandlarini befarq qoldirmasligi aniq. Mazkur film haqida tez kunda batafsil ma’lumotni va suratga olish jarayonidan qaynoq fotosuratlarni kutib qoling.

Rashid Holiqov yangi videoklip ustida ishlamoqda
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov va “Shahzod” ansambli yangi “Shahlo ko‘zli malikam” kompozisiyasini yaqindagina taqdim etgan edi. Ayni damda mazkur musiqiy asarga videoklip suratga olish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqida xonanda instagramdagi sahifasida ma’lumot bermoqda. Videoklipni tez kunda saytimiz orqali tomosha qilish ega bo‘lasiz.
Ana shunaqa gaplar. Bizni kuzatishda davom eting!


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11683 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Instagram, Muqaddas Sa’dullayeva, Munisa Rizayeva, Shou-biznes vakillari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное