Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Merlin-Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shoxrux repper uzoq tanaffusdan keyin sahnaga qaytdi

Xonanda Shoxrux repper bir necha yillarda buyon TV ekranlarda ko‘rinmay qolgan edi. Radiolarda ham uning qo‘shiqlari jarang sochmay qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Xonanda joriy yil boshidan yana ijodga sho‘ng‘idi. Yaqindagina Shahzoda bilan “Ket” nomli duet kuylagan repper kuni kecha “My.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiq kuyladi. Unda xonanda portalning afzallik jihatlarini sanab o‘tar ekan, biror muammoni hal etishda tashkilotlar va muassasalarning matasaddilari bilan yuzma-yuz ko‘rishish shart emasligini, portalga murojaatni qoldirilgach yechimini topmayotgan masalalar hal bo‘lishini aytib o‘tgan.

Xonanda 24 fevral kuni “MY5” telekanali studiyasida bo‘lib, tasvirga olish jarayonlarida ishtirok etdi. “Non stop” dasturi muallifi va boshlovchisi Baxtiyor Safarovning bergan ma’lumotlariga qaraganda, xonanda bilan tayyorlangan lavhada Shohruh repperning o‘zi ham “My.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tishi jarayonida tasvirlanadi. Dastur tez orada tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Shohruh repperni muxlislar ancha sog‘inishgan. O‘tgan yillar davomida xonanda TV ekranlarida ko‘rinmagan, uning qo‘shiqlari radio efirlarida berilmagan bo‘lsa-da bir nechta qo‘shig‘ini internet tarmoqlari orqali tinglovchilarga taqdim etgan edi. Shohruh repper hamkasbi Shahzodaning 1-7 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturida ham ishtirok etsa ajabmas.
Eslatib o‘tamiz, Shohruh repper bir necha yillik sababsiz tanaffuslardan keyin “MY5” telekanalida ko‘rinish beryapti. Darvoqe, u o‘tgan vaqt ichida oila qurgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, bugun uning Islom ismli o‘g‘li bor.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5264 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shoxrux repper
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
fresco Wohrux akaga omad ularni hamma quwigi Zur:-)
Like | 0
Behruz qirol qaytideeeeee hursandman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное