Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shuhrat Nuraliev 37 yoshida vafot etdi


Avval xabar berganimizdek, taniqli aktyor Shuhrat Nuraliev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jonlantirish bo‘limida qandli diabet kasalligi asoratlari bilan og‘ir ahvolda qolayotgan edi.

Og‘ir xastalik bilan bir necha yil kurashgan aktyor bir necha daqiqa avval olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda shifoxonadagi manbalarimiz va aktyorning yaqinlari xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina 37 yoshini qarshi olgan taniqli aktyor — Shuhrat Nuraliev o‘zini rejissyor sifatida sinab ko‘rishga ulgurgan edi. Kino muxlislari qalbidan joy olgan “Lafz” kartinasi aynan uning ijod mahsuli ekani ko‘pchilikka ma’lum.

Shuhrat Nuraliev 8 yil mobaynida O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. U “Osmondagi bolalar”, “Zarb”, “Ulfatlar 2”, “Sodda qiz” kabi 10 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, Shuhrat Nuraliev qator musiqiy kliplarning ham rejissiyori hisoblanadi.

1980 yilda tavullud topgan Shuhrat Nuraliev oilali edi. U ikki nafar qiz va bir o‘g‘ilning mehribon otasi edi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Shuhrat Nuralievning onasi, rafiqasi, farzandlari, yaqin qarindoshlari va muxlislariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Siyovush To‘raxo‘jaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 18307 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shuhrat Nuraliev, vafot etdi, 37 yosh
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует Joylari jannatdà bulsin :'( :'( oils a'zolariga cuqur hamdardlik bildirib qolaman!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное