Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Shum bola” filmi byudjeti qanday tejalgani aytildi

“Oila davrasida” gazetasi O‘zbekiston kinematografining mumtoz kartinalaridan biriga aylangan “Shum bola” filmiga oid bir qancha qiziqarli tafsilotlar haqida yozib chiqdi. Ilgari ularning ayrimlari keng jamoatchilikka yaxshi tanish emas edi.
Ta’kidlanishicha, film olinishida jami 50 aktyor asosiy rollarni o‘ynagan bo‘lsa, ommaviy sahnalarni hisobga olgan holda ishtirokchilar soni 6 ming kishiga yetgan.
Buncha odamning s’yomkaga jalb qilinishi barobarida, kartina uchun ajratilgan byudjet ham juda kamtarona edi. U pullar rejissyorning g‘oyalarini amalga oshirishga yetmas edi. Mana shunda barcha aktyorlar filmda tekinga rol ijro etishga hamda gonorar talab qilmaslikka rozi bo‘lishgan. Ularning bu ishi tufayli kartina to‘laligicha suratga olingan.
Bundan tashqari, bizga ma’lum filmdan bir qancha kadrlar va sahnalar kesib olingan. Masalan, Soyib Xo‘jaev bilan Qoravoyning tog‘ora savdolashadigan joyida Xo‘jaevning qahramoni “Cho‘ntagingda hemiring yo‘q ekan, nima qilasan savdolashib, bilasanmi, bu tog‘oraga Nikolay podshoning o‘zi cho‘milgan”, degan gapi bor edi. Shu gap o‘sha davr senzurasidan o‘tmagan va kesib tashlangan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4075 | Рейтинг: 1| Рейтинг: byudjet, Shum bola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное