Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Toshkent va Farg‘onada “Shum bola” kinofestivali o‘tkaziladi

Toshkentdagi Gyote instituti Germaniyaning Schlingel xalqaro kinofestivali va “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda Toshkent (28-aprel—1-may) va Farg‘onada (3—5-may) navbatdagi “Shum bola” kinofestivalini o‘tkazadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Institut vakillarining ma’lum qilishicha, tomoshabinlar Germaniyaning Xemnits shahrida o‘tkazilgan Schlingel bolalar va o‘smirlar kinofestivalida namoyish etilgan filmlar bilan tanishishi mumkin. Shuningdek, ularga o‘zbek kino ustalarining animatsion filmlari ham namoyish etiladi.
Festival doirasida animatsiya san’ati bo‘yicha nemis mutaxassislari Toshkentdagi Gyote instituti hamkor maktablari o‘quvchilari uchun mahorat saboqlarini o‘tadi.


Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2495 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shum bola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное