Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Shum bola” kinosi ham “18+”mi?!


Kecha, 2019-yil 2-noyabr kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligida Badiiy kengashning navbatdagi va maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Agentlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Badiiy kengash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan davlat buyurtmasiga binoan suratga olingan badiiy filmlarni davlat va nodavlat telekanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi namoyishi masalasi muhokama qilindi.

Quyida soha mutaxassislarining davlat va nodavlat telekanallarda o‘z mahsulotlariga nisbatan qaroqchilarcha munosabatda bo‘linayotganligi va bu holatga barham berish vaqti kelganligi haqidagi fikrlari bilan tanishasiz.

Mualliflik huquqi nega poymol etilyapti?!

“29 yildan beri kino sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsam, barcha filmlarim ko‘p martalab takror, takror teleekranlarda namoyish etilib kelinmoqda. Bundan juda xursandman. Ammo... bitta narsa meni jahlimni chiqaradi. Televideniyeda ko‘rsatilayotgan filmlarimda bu muhim emas degandek, ayrim lavhalar kesib tashlanadi. Buni qanday tushunish kerak?! O‘sha epizodlarni kesayotganlar bu kadrlar uchun men va kinoijodkorlar qanchalar mashaqqat chekishganini tushunishadimi? Yo‘q! Buni biz shunday ahvolda qoldirishimiz kerak emas. Filmlarimizni saviyasiga putur yetishini, mualliflik huquqimizni poymol etilishiga jim qarab turolmaymiz”, deydi muhokamada taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov.

“Shum bola” kinosi “18+”mi?!

Badiiy kengash a’zosi Murod Muhammad Do‘st esa o‘z fikrlarini shunday izohladi:

– Men ham ushbu fikrlarga qo‘shilaman. Bu bizning og‘riqli nuqtamiz. Men tushunmayman. Filmlarni televideniye xodimlari nega kesishadi? Go‘yoki ular o‘zlarini jamiyatning axloqiy darvozasining posbonlariga o‘xshatishadi. Filmda axloqiy normalarga to‘g‘ri kelmaydigan joylari bo‘lsa “O‘zbekkino” Badiiy kengashiga murojaat qilishsin. Chunki barcha filmlar Kengashdan o‘tkaziladi. Qaysi filmda insonlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadigan joyi bor?.. Balki biz ham 16+, 18+ qilib tomoshabin yoshini belgilashimiz kerakdir. Agar nazoratchilarning bu uyatchanligi bo‘lsa, qanday qilib “Shum bola”ni, “O‘tkan kunlar”ni odamlarga ko‘rsatamiz?

Agentlikning Bosh direktori qanday fikrda?

“Darhaqiqat, bugungi kunda suratga olingan filmlarni amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda davlat va nodavlat telekanallari orqali namoyish etish hamda Internet ijtimoiy tarmog‘idagi saytlarga qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Shu bilan birga, davlat buyurtmasiga binoan hamda xususiy studiyalar tomonidan suratga olingan bir qator filmlar namoyish etilishidan avval “O‘zbekkino” Milliy agentligi va film mualliflari bilan kelishilmagan holda ayrim muhim epizodlarni kesib tashlanayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Bu, albatta, tomoshabin e’tiboriga havola etilayotgan filmlarimizning badiiy saviyasi tushib ketishiga xizmat qilayotgani shubhasiz”, deydi bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

“Mualliflik huquqini eslatib qo‘yish kerak!”

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash davlat va nodavlat telekanallari, Internet ijtimoiy tarmog‘idagi saytlar hamda boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlaridan bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘z faoliyatlarini tashkil etishlarini so‘rab “Murojaatnoma” yo‘llashga kelishib olindi.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7416 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shum bola, Kinosi, ham, 18+
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное