Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Zerda - Soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Siz yomon ishchi ekanligingizni qanday bilish mumkin?


Siz kechikasiz, sekin ishlaysiz, ko‘pincha xato qilasiz va tez-tez ishdan ruxsat so‘raysiz...
Ishga foyda keltirmaslik ko‘pincha noqulay vaziyatlar va ishdan bo‘shatish bilan tugaydi.
Bir necha sabablarga ko‘ra, siz aniq oyning eng yaxshi xodimi emasligingizni tushunib yetasiz. Buning belgilari qanday?

Ishga kech kelasiz
Agar har kuni kimdir ish vaqtingizda ofisga kelishingizni kutib tursa va bu muntazam davom etsa unda o‘zgarishlarni boshlash vaqti keldi.
Ishga vaqtida kelish sizning sevimli mashg‘ulotingiz emasmi? Unda – bu yomon. Siz vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qiling va bu yomon odatdan voz keching. Chunki agar ishxonada shtatlarni qisqartirish haqida savol tug‘ilsa, sizning kechikib kelishingiz yodga olinadi.

Vazifalarni mexanik ravishda bajarish
Balki siz bekorchilik bilan mashg‘ul emasdirsiz. Ammo qilayotgan ishingizni yaxshi deb aytish qiyin. Siz faqat ishdan bo‘shatilmaslik uchun harakat qilyapsiz. Har bir vazifa sizni ta’sirlantiradi, ular yoqimsiz va zerikarli. Agar siz bu vazifani bajarishga qiziqmasangiz, faoliyat turini o‘zgartirish haqida o‘ylashingiz kerak.

Hammadan sekin ishlayapsiz
Siz bilan birga ishlayotgan har bir inson bir xil javobgarlikka ega, ammo siz hamma hisobotlarni boshqalardan ko‘ra kechroq topshirasiz. Uning ustiga hisobotlaringiz to‘liq emas. Yangi ishchi bo‘lganingizda ham mayli edi. Siz tartib-intizomga rioya qilolmayapsizmi? Siz vaqtni boshqarishni o‘zlashtirishingiz kerak.

Davomiy ruxsat so‘rash
Sizni ish vaqtida ofisda topish qiyin: yoki siz shifokor qabuliga ketgansiz yoki 5 daqiqaga qayoqqadir chiqib ketgansiz. Agar siz ishdan keyin qolib barcha topshiriqlarni bajarib qo‘ysangiz yaxshi. Bunda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ammo bunday holat juda kam uchraydi.

Mas’uliyatli vazifalar sizga ishonib topshirilmayapti
Sizga faqat oddiy va tushunarli vazifalar berilishi mumkin. Ammo murakkabroq vazifalarni mas’uliyatli ishchilarga ishonishadi, chunki ular ikkilamchi vaziyatda muvaffaqiyatsizlikka uchramasligini bilishadi. Bu siz uchun qo‘rqinchli qo‘ng‘iroq: siz eng yaxshi xislatlaringizni ko‘rsatmayapsiz va yomon ishlayapsiz.

Siz – noroziliklar tashkilotchisi
Siz uchun ofis jang maydoniga o‘xshaydi: siz koalitsiyalar tuzasiz, hamkasblarni rahbarlarga yoki bir-biriga qarshi “qayraysiz” va o‘zingiz chetda turasiz. Muammoingiz ustida “bosh qotirish”ingiz kerak.

Hamkasblar sizdan yiroqlashmoqda
Ular sizdan yordam so‘ramaydi, ishdan keyin biron dam olish maskaniga yoki tushlikka borishni taklif qilmaydi. Eng yomoni, siz ofisga kirganingizda barcha kulishdan to‘xtaydi. Yoqtirmaslik kamdan-kam hollarda asossizlikdan kelib chiqadi, shuning uchun hamkasblar bilan munosabatlar o‘rnatishga harakat qiling yoki shunchaki kirishimli bo‘lishga harakat qiling.

Tez-tez xatoga yo‘l qo‘yasiz
Agar rahbariyat chaqirtirsa, sizni faqat biron aybingiz borligi uchun chaqiradi. Ish bor joyda xato bo‘ladi, albatta. Ammo hamma narsa silliq bo‘lishi uchun ishda o‘zaro nazorat choralarini ko‘rishga harakat qiling.

Noto‘g‘ri ustuvorlik
Kun bo‘yi ikkinchi darajali vazifalar bajarasiz va asosiylari keyinga qoldirasizmi?
Unda siz vazifalaringizning asl mohiyatini to‘liq tushunmayapsiz va kelajakda kompaniyaga nima kerakligini anglamagansiz. O‘zingizni erkin qo‘yib hamkasblar faoliyatini kuzatishga harakat qiling. Bu ish jarayonida qaysi vazifa muhimroq (ustuvorlikni aniqlash) ekanligini anglashga yordam berishi mumkin.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2035 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yomon ishchi, bilish mumkin, Siz, Qanday, ekanligingiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное