Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Siz qaysi seriallarni ko‘rgansiz? Yoxud ayollar uchun ayollar haqidagi filmlar reytingi!


Seriallar mavzusi yodga olinganida, ayollarning diqqati jam bo‘lishi tabiiy. Sababi bunday filmlarni tomosha qilish, avvalo, ayollarning eng sevimli mashg‘ulotidir.

Xorij kartinalari asosida ayollar uchun ayollar haqidagi eng yaxshi filmlar va seriallar ro‘yxatini e’tiboringizga taqdim etamiz. Ulardan biri romantik ruhiyatda yaratilgan bo‘lsa, yana biri quvnoq kayfiyat baxsh eta oladi.

“Onalar”

Qisqa metrajli bu serial yoshlik davrida raqs maydonlarini doimiy ravishda to‘ldirib kelgan 3 dugonaning oila qurib, farzandli bo‘lishlari haqida. Serial yengil ruhda yaratilgan bo‘lib, “hazillar” orqali onalikning barcha mashaqqatlarini ochib beradi.

“Psixologlar”

Bu kartinaning bosh qahramonlari 3 nafar psixolog ayollar haqida bo‘lib, ularning asosiy muammosi olingan bilimlarini o‘z hayotiy amaliyotida qo‘llay olmasliklaridir. Ayollarning biri hayotida ko‘p erkaklar bilan uchrashgan bo‘lsa, yana biri o‘z injiqlklari bilan yaqinlarini “bezor” qilgan. Uchinchi ayol esa o‘z “kamchiliklari” bilan ovora. Kursdosh dugonalar 10 yildan keyin uchrashishgach, bir-biridan psixolog sifatida yordam so‘raydilar va keyingi voqealar rivojini filmni tomosha qilgach, bilib olishingiz mumkin.

“Umidsiz uy bekalari”

Bu serial ko‘pchilik ayollar o‘rtasida ancha ommalashishga ulgurgan. 4 nafar uy bekalari haqidagi film bir necha yillar davomida reytingda yetakchi o‘rinlarni egallab kelgan.

“Muhabbat haqidagi qisqa hikoyalar”

Bu kartina hayotiy muhabbat qissalari haqida. Uni ehtirosga beriluvchan ayollar xush ko‘rishadi.

“10 kun ichida qay tarzda erkakdan qutulish mumkin”

Bir erkakni avval o‘ziga “sevdirib”, keyin undan “xalos bo‘lish” haqida maqola yozish uchun buyurtma olgan jurnalistning hayotiy kechinmasi haqidagi mazkur film ham komedik, ham romantik kayfiyat baxsh eta oladi.

“Yirtqichlar shahri”

Film qahramoni o‘ziga mos juftini topishi uchun boshdan kechiradigan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

“Baxtli hayotning qisqa muddati”

Bu serial rejissyori oddiy melodrammani o‘tkir ijtimoiy dramaga aylantirgan. Ayollarning hayotga bo‘lgan qarashini o‘zgacha rakursda ko‘rsatib berilgan.

Durdona Rasulova



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5259 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Siz, ko‘rgansiz?, Serial, Qaysi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное