Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Soat 6 da uyg‘onish uchun 6 sabab

Odamlar omadning kelishini erta tongda uyg‘onish bilan bog‘lashadi. Soat 6 da uyg‘onish inson hayotini o‘zgartiradi. “Adme.ru” nashri esa sizni soat 6 da uyg‘onish uchun zarur bo‘ladigan 6 sabab bilantanishtiradi
1. Diqqatingizni jamlash uchun vaqt bo‘ladi
Aksariyat odamlar diqqatini jamlay olmagani uchun oldiga qo‘ygan maqsadiga yetolmaydi. Erta tongda uyg‘onsangiz, kun davomida birinchi navbatda qaysi ishni bajarish lozimligini o‘ylashga vaqtingiz bo‘ladi. Kunning birinchi yarmida inson miyasi yaxshi ishlaydi. Bu vaqtni his-tuyg‘ularingizni emas, hayotingizni nazorat qilish uchun sarflang. 
2. Kunni qanday o‘tkazish haqida reja tuzishga vaqt topiladi
Erta turadigan odam ishga borishdan oldin qiladigan ishlarini rejalashtirib olishga vaqt topadi. Reja qanchalik erta tuzilsa, vaqtingiz bekor ketmay, kuningiz unumli o‘tadi. Ertangi kun rejalarini kechqurun tuzmoqchi bo‘lsangiz, charchagan miya reja tuzishni emas, faqat dam olishni istaydi.
3. Tong — o‘z ustingizda ishlash uchun eng qulay paytdir
Kim sizga “Ko‘zing ochilgandan ishxonangga yugur!” deydi. Ko‘pchilik odamlar doimo oilasiga, qiziqishlariga, sportzalga borishga vaqt topa olmayotganidan noliydi. Agar soat 6 da uyg‘onadigan bo‘lsangiz, ish vaqtingiz boshlangunga qadar bir necha soat vaqtingiz bo‘ladi. Bu vaqtda sportzalga borishingiz mumkin. Erta tongda jismoniy mashq qilsangiz, organizmingiz endorfin gormonlarini ishlab chiqadi. Endorfin gormoni insonga xushkayfiyat bag‘ishlaydi, kuni bilan bardam va tetik yurishingizga sabab bo‘ladi.
4. Nonushta qilishga vaqt topiladi
Bir umr nonushta qilish kundalik ovqatlanishdagi eng muhim jarayon ekanligini eshitib kelgansiz, ammo kech uyg‘onganingizdan ertalab, och-nahor ishga jo‘nagansiz. Agar erta uyg‘onsangiz, albatta nonushta qilishga ulgurasiz. Bu esa sog‘lik uchun ham foydalidir. Manzilga yetkazish uchun mashinangizga yoqilg‘i kerak bo‘lsa, sog‘ligingiz uchun organizmingizga ayniqsa ertalab ovqat kerak.   
5. Muvaffaqiyatga erishgan barcha odamlar shunday yo‘l tutadi
New York Magazine nashri Twitter ning asoschisi bo‘lmish Jek Dorsi haqida e’lon qilgan maqolasida uning tonggi 05:30  uyg‘onishini, ishga ketgunga qadar meditatsiya qilishini va 10 kilometrga yugurishini ma’lum qilgan.
Apple’ning bosh direktori Tim Kuk har kuni tonggi 04:30 da uyg‘onib, hamkorlarining elektron xatlariga javob yozadi.
Virgin Group’ning asoschisi Richard Brenson ham erta uyg‘onish tarafdori. Business Insider nashriga bergan intervyularidan birida u 05:45 da uyg‘onib, ishga kirishishi haqida aytib o‘tgan edi. U uyg‘ongandan keyin biroz kompyuter oldida o‘tirib, keyin nonushta qilishini bildirgan.
6. Boshqalardan ikki qadam oldinda bo‘lasiz
Tadqiqotchilarning fikricha, erta uyg‘onish odati ijodiy potensialning oshishiga olib keladi. Bundan tashqari boshqa raqobatchilaringiz uxlab yotganida, siz ish boshlagan bo‘lasiz. Kun davomida o‘zingizni qiynaydigan eng yoqimsiz muammolarni soat 08:00 gacha hal qilishga o‘rganing. Bu odat sizni kun davomida asabiylashishdan, stress va xavotirlardan asraydi. Ikki yarim soat erta uyg‘onish orqali 150 daqiqa vaqtdan yutasiz, bu haftasiga 17 yarim soatni, bir oyda esa 70 soatni, bir yilda 840 soatni tashkil etadi. Tanlang, sizda tanlash huquqi mavjud!


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6139 | Рейтинг: 0| Рейтинг: uyqu, soat 6
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное