Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Sony yangi flagmani – Xperia Z2 smartfonini namoyish qildi

Barselonada bo‘lib o‘tayotgan Mobile World Congress ko‘rgazmasida Sony bir nechta yangi mobil qurilmalarini taqdim qildi. Ular orasida navbatdagi flagman smartfoni – Xperia Z2 alohida e’tiborga loyiq.

Sony Xperia Z2 gadjetiga to‘rtta Krait yadroli yangi Qualcomm Snapdragon 801 protsessori o‘rnatilgan, u 2,3 GGs chastotada ishlaydi. Smartfon 4G LTE moduliga, 3 GB tezkor xotiraga va katta hajmli (3200 mAch) akkumulyatorga ega. Uning suv o‘tkazmas korpusi (IP58) atigi 8,2 mm qalinlikka ega.

Xperia Z2 smartfoniga Full HD sifatli va 5,2 dyuym diagonalli TRILUMINOS displeyi o‘rnatilgan. Mazkur displey LED Live Colour va X-Reality texnologiyalari asosida mobil qurilmalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Smartfoni 16 GB hajmli ichki xotiraga ega, unga yana microSD kartochkalarini o‘rnatish mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Xperia Z2 shovqinlarni raqamli tarzda kamaytiruvchi texnologiyaga ega dunyodagi ilk smartfondir. Xperia Z2’ning foto va videotasvir imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda: u G-lens obyektivi, 20,7 megapikselli Exmor RS matritsasi hamda mobil qurlmalarga moslangan BIONZ grafik protsessori bilan jihozlangan. Mazkur smartfondagi tasvirlarni barqarorlashtiruvchi SteadyShot texnologiyasi yordamida 4K sifat darajasida (soniyasiga 30 kadr) videoroliklar suratga olish mumkin.

Sony Xperia Z2 joriy yilning mart oyida sotuvga chiqarilishi ma’lum qilinmoqda.

Manba:daryo.uz



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2321 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sony, Xperia Z2 smartfon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное