Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Sony kompaniyasi VAIO kompyuterlari biznesini sotib yuboradi

Elektron texnika ishlab chiqaruvchi Sony kompaniyasi kompyuter ishlab chiqarish biznesini Japan Industrial Partners investitsion jamg‘armasiga sotishini ma’lum qildi. Bu haqda Digit.ru sayti ma’lumot bermoqda.

Mazkur shartnomaning qiymati ma’lum qilinmayapti, ammo Yaponiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, u 40—50 milliard ien (400—500 million AQSh dollari) bo‘lishi mumkin. "Reyter” agentligi xabariga ko‘ra, Vaio kompyuterlari biznesida Sony ham 5 foiz ulush bilan qolishni rejalashtirgan.

Sony kompaniyasi ma’lumotida aytilishicha, u endi personal kompyuter bozoridan chiqib, asosiy kuchini o‘z nuqtai nazarida muhim hisoblangan mahsulotlar – televizor, kamera, smartfon va planshetlar ishlab chiqarishga yo‘naltirmoqchi. VAIO ishlab chiqarilishining aynan Japan Industrial Partners’ga sotilishidagi e’tiborli jihat endi bu kompyuterlar jahon bozoriga chiqmasligidir. Zero, JPL faoliyati faqat yapon xaridorlariga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2178 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: VAIO, Sony kompaniyasi, Sony
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
9294784 Sony kompyuterlari yaxwi edi afsus endi chiqmas ekande
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное