Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Super-kontrakt bu yil ham bormi?


Ushbu savolni juda va juda ko'pchilik bermoqda. Hali test sinovlari boshlanmasidan shu savolni berganlar ham ko'p edi. Ular aslida pessimist emas, aksincha realistlardir, o'z bilimiga xolisona baho bera olishadi.

Demak, joriy yilda ham super-kontrakt bo'ladi. Kunduzgida ham, sirtqida ham, kechkida ham. Hattoki yangilik sifatida ilk marta magistraturada ham super-kontrakt tartibi amal qiladi.

Narxlari hozircha aniq emas. Bu haqida tegishli qaror qabul qilinishi bilan xabar qilinadi. Lekin o'tgan yilgidan ko'p ham farq qilmasa kerak.

Super-kontraktda o'qish uchun kamida 56,7 ball to'plash kerak.

Mabodo 56,7 balldan kamroq (hattoki 1 ball) to'plansa ham o'qish imkoniyati yaratiladi, faqat uning narxi super-kontraktdan ham qimmatroq, aniqrog'i uning 2 baravari miqdorida bo'ladi.

Ma'lumot uchun, super-kontrakt faqat birinchi yil uchun to'lanadi. Talabalar birinchi o'quv yilini tugatgandan so'ng keyingi o'quv yilidan boshlab amalda o'rnatilgan bazaviy to'lov-kontrakt miqdori asosida (ya'ni el qatori) o'qishini davom ettiradilar.



Manba:Hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4752 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Super-kontrakt
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное