Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Super-kontrakt narxlari e’lon qilindi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi super-kontraktlar haqida qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qildi. O‘qishdan yiqilib, kontraktning kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 balldan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

2019-yilda abituriyentlar uchun super-kontrakt to‘lashda quyidagi yengilliklar beriladi:

super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanadi (ya’ni narxlar arzonlashadi);

to‘lovchilarning o‘z hohishiga ko‘ra stipendiyali to‘lovlar, ya’ni, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasiga (bir o‘quv yili uchun 4,8 million so‘m) qo‘shimcha to‘lash mumkin. Ya’ni agar istasa 4,8 million so‘m qo‘shib to‘lasa, talaba har oy stipendiya olishi ham mumkin bo‘ladi;

super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham beriladi;

bunda super-kontrakt miqdorini oylarga bo‘lib to‘langanda ham, o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yilning 1-noyabridan hamda ikkinchi yarmi uchun 2020-yilning 1 martidan kechiktirmay to‘lanishi lozim.

Yuqoridagi qoidalar kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun ham amal qiladi. Ma’lumot uchun, kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Super-kontrakt narxlari

To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Miqdorlar o‘tgan yilgidan deyarli o‘zgarmagan.

Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya’ni 229 million 184 ming so‘m. Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya’ni 170 million 649 ming so‘m. Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan. Ushbu narxlar minimal miqdor hisoblanadi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3024 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Super-kontrakt, e’lon qilindi, OTM, narxlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное