Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Titanik-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Surxondaryoda kursdoshidan homilador bo‘lib qolgan qiz o‘z joniga qasd qildi…


Surxondaryoning Termiz shahridagi axborot texnologiyalari kollejida tahsil olgan 17 yashar qiz o‘zi yashaydigan hovlidagi og‘ilxonada joniga qasd qilgan. Aniqrog‘i, o‘zini osib qo‘ygan. Bunga 18 yoshli kursdoshidan ikki oylik homilador ekani haqida xabar topishi sabab bo‘lgan. Qiz bu sharmandalikka chiday olmabdi.

Otasining aytishicha, qizi bilan uchrashib yurgan yigit negadir g‘oyib bo‘lgan.

— Men uydagilarga qizimni o‘sha yigitnikiga olib borib qo‘yishni buyurdim, — dedi u. — Ammo yigitning uyidagilar homilador kelin ularga kerak emasligini aytib qizimni ortga qaytarishdi. Bu holat ikki karra takrorlandi. Shundan keyin bechora qizim joniga qasd qildi…

Yana marhumaning otasi aytib o‘tdiki, bu masalada hali qizi hayot bo‘la turib mahalla qo‘mitasiga, milisiyaga yordam berishlarini so‘rab murojaat etgan. Ulardan ikki yoshni hech qursa ZAGS dan o‘tkazib qo‘yishda ko‘mak so‘ragan. Yordam berishmagan. Huquqni muhofaza qilish tashkilotidagilardan qizini sharmanda qilgan yigitga nisbatan jinoiy ish ochishlarini talab qilgan. Bu talabi ham ado etilmagan. Ular yigit va qiz orasidagi munosabat ikkovlarining o‘zaro rozi-rizoligi bilan amalga oshirilganini aytishgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari juda to‘g‘ri aytgan. Davlatimiz qonuni talabiga ko‘ra, o‘zaro rozi-rizolik asosida yuritilgan ishqiy munosabatlar jinoyat hisoblanmaydi.

Ammo mahalladagilar tomoshabin bo‘lib turishmagan ekan. Bu haqda o‘sha qiz yashagan mahalla faollaridan biri gapirib bergan. Uning aytishicha, yigit shu qizga uylanishni juda xohlagan. Biroq ota-onasi rozi bo‘lmagan. Homilador kelin kerak emas deb turib olgan. Qiz o‘ylab o‘tirmay, joniga qasd qilib qo‘yishi yetti uxlab tushlariga kirmagan.

 

Manba: Hordiq.uz



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9898 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Qiz, qasd qildi…, bo‘lib qolgan, homilador, kursdoshi, Surxondaryo, o‘z joniga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное