Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Tamilaning lisenziyasi ikkinchi marta olib qo‘yildi

"O‘zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan Esmeralda Raxmatova (Tamila)ning lisenziyasi bekor qilindi. Bu haqda birlashmaning axborot xizmati xabar bermoqda.
Lisenziat Esmeralda Raxmatova (Tamila) Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 1 fevraldan tugatildi.
Avvalroq, Tamilaning messenjerlarda tarqalgan behayo videosi katta shov-shuvga sabab bo‘lganligi, shundan so‘ng Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali xonandani kuzatib borayotgan 114 mingdan ortiq foydalanuvchilarning aksariyati unga haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilib, uni hayosizlikda ayblaganidan so‘ng, uning Qozog‘istonga ko‘chib o‘tganligi xabar qilingan edi.  
Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 1 iyuldan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan lisenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi sababli xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan va shu yilning noyabrida Tamilaning lisenziyasi qaytarilib berilgan edi.
Shuningdek, xonandalar Jasur Umirov, Dilfuza Ismailova, Abduvali Rajabov, Oybek Alimov, Nigora Ismailova va Umida Xo‘jayevalar ogohlantirildi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4846 | Рейтинг: 0| Рейтинг: lisenziya, olib qo‘yildi, ikkinchi marta, Tamila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное