Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Tamila bilan hissiyotlar olamiga sayohat qiling!

Tamila qator qo‘shiqlari va kliplari bilan ko‘plab muxlislar orttirishga erisha olgan. Kliplarining noodatiyligi tufayli ham muxlislar doim uning yangi ijod namunalarini intiqlik bilan kutishadi.
Yaqinda Tamila tomonidan "Seni sevaman" nomli romantik ruhdagi tarona taqdim etilgandi. Nodir Azimov qalamiga mansub she’rga Najot Agzamov musiqa bastalagan qo‘shiqning aranjirovka muallifi Jasur Abdurahmonovdir. 
Bugun mazkur tarona uchun saytimiz orqali e’tiboringizga havola etilayotgan videoklip Tamila uchun odatiy yo‘nalishga aylanib qolgan trek uslubida tayyorlangan bo‘lsa ham, boshqa videolaridan farq qiladi. 
Klipni tayyorlashda bir necha iste’dodli kishilarning mehnati singgan. Xareografiya bo‘yicha Narimon Grigoryan ishlagan. Shuningdek, hayvon o‘rgatuvchilar, raqqoslar, sportchilar, musiqachilar va aktyorlarning hissalari katta. 
Mahoratli klipmeyker Timur Primqulov tomonidan tasvirga olingan klipda jonzotlarning ham ishtirokiga guvoh bo‘lasiz. Ma’lumotlarga ko‘ra, jonzotlarnnig barchasi noyob turdagilardan bo‘lib, aynan ular bilan ishlash ancha mashaqqatni talab qilgan. Shuningdek, nigohlar orqali taronaning ichki mazmuni yoritilganligiga ham amin bo‘lishingiz mumkin.
Timur Primqulov g‘oyasi asosida tayyorlangan klipda qo‘shiq mazmuniga monand insonlarning qalbi tasvirlangan. Klipda mehr muhabbatsiz yolg‘iz yashash nafaqat inson uchun, balki barcha tirik mavjudot uchun mushkul ekanligi asosiy falsafa sifatida talqin etilgan. 
Oq qora ranglarda tayyorlangan videoda Tamila bir necha obrazlarda namoyon bo‘lgan. Klipni tomosha qilib, o‘z fikrlaringizni qoldirishni unutmang!

KO'CHIRIB OLISH


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9867 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Tamila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное