Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Tamila Toshkentda! Instagram’da uning nomidan soxta sahifalar ochilyapti

Xonanda Tamilaning behayo videolari tarqalashi va “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan berilgan lisenziyasi muddatidan avval to‘xtatilgani internet-nashrlar va messenjerlardagi guruhlarning  asosiy mavzusiga aylandi. Bir necha kundirki, Tamila haqidagi gap-so‘zlar tingani yo‘q. Soat sayin u haqida yangi mish-mishlar bolalayapti. Kimdir uni san’atdan butkul ketibdi desa, yana kimdir Tamilaning boshiga tushgan bu kunlar o‘z-o‘zidan bo‘lmagani, hammasi uyushtirilganini aytmoqda. Bundan biroz avval Tamila Instagram’dagi barcha suratlarini o‘chirib yuborgani va uning Qozog‘istonga ketgani bilan bog‘liq gap-so‘zlar tarqalganini haqida xabar bergan edik. Shou-biznes olami vakillarining bergan ma’lumotlariga qaraganda, Tamila ayni damda Toshkentda. U lisenziyasidan mahrum etilgan kuni “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga borgan. Ayni damda xonandani topishning imkoni bo‘lmayapti. Aytishlaricha, Tamila uyali telefoni raqamini ham o‘zgartirgan.

2 fevral kuni Instagram’da @tamilaofficial nomi bilan yangi sahifa paydo bo‘ldi. Tinimsiz Tamilaning suratlari joylab borilgan ushbu sahifaga shou-biznes olamining taniqli vakillari xonanda Shahzoda, Umidaxon, Shoira Otabekova va aktrisa Shahzoda Muhammedova a’zo bo‘lib, uning doimiy kuzatuvchisiga aylanishdi. Sahifaga esa Tamilaning sobiq prodyuserlik markazidagi ma’murlarning raqamlari qayd etilgan. Xonanda eski hamkorlari bilan faoliyatini to‘xtatmagan bo‘lsa kerak, degan o‘y bilan o‘sha raqamga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rdik. Go‘shakni ko‘targan ma’mur “Tamila bilan hamkorlik to‘xtatilgan, Instagram’dagi sahifa haqida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz”, – deb javob qaytardi.

Oradan ko‘p o‘tmay Tamila @tamilaofficial sahifasi soxta ekanini isbotlab yana Instagram’dagi avvalgi sahifasida ko‘rinish berdi. Bu safar u o‘z nomini @tamilauz deb ro‘yxatga kiritdi.   U o‘zining birinchi suratiga Maksim Gorkiyning quyidagi fikrlarini yozib qoldirdi. “Yaxshilik ulashadigan inson, o‘zini baxtli his etadi”. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari  suratlarda turli fikrlar bilan faol bo‘lmoqda. Ularning aksariyati Tamila o‘z xatosini tushunib yetganidan umid qilib, bu muhokamalarni to‘xtatish, uning yangi hayot boshlashiga imkon berish  tarafdori bo‘lishyapti. Xonandaning 3 fevral kuni tunda Instagram’ga joylagan surati va izohi ko‘p savollarga javob bo‘ldi. U shunday deb yozadi:

“Sen otgan o‘q butun yer sharini aylanib chiqib, kuragingga sanchiladi”. Tamila bu bilan nimani nazarda tutyapti? U yuqoridagi gaplar bilan videolarni tarqatganlarga sha’ma qilayotgan bo‘lsa ajabmas. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8234 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tamila, profil soxta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Giza1234 Kimga kere wu Tamila diganlari??? Tovba qldm. Kim nma qsa uzi un qiladi....
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное