Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Tanho yulduz yohud Seni o‘zim boy qilaman"

O‘zbek kinosida yangi filmlar suratga olinib, omma etiboriga havola etilayotgani haqida ma’lumotlar berib bormoqdamiz. Bu kinokartinalar qaysidir jihati bilan bir biriga yaqindek. Ayni damda suratga olish ishlari qizg‘in olib borilayotgan “Tanho yulduz yohud Seni o‘zim boy qilaman” filmi esa boshqa kartinalardan butkul fark qiladi. “Ortiqcha omad”, “Qalb ko‘zgusi”, “ 7 - haykal”, “Jigarbandim” filmlarining rejissyori Sanjar Shodiev tomonidan tasvirga oliniyotgan yangi mazkur yulduzli kinokartina barchani birdek e’tiborini o‘ziga tortishi turgan gap.
Sanjar Shodiev har bir kinosida o‘zgacha yo‘nalish, o‘zgacha shijoat va kayfiyat bilan yondashishi barchaga ma’lum. “Tanho yulduz yohud seni o‘zim boy qilaman” ana shunday kartinalar sirasidandir. Buni birgina film g‘oyasi-yu ijodiy jamoadan bilib olish mumkin. Abduvahob G‘aniev operatorligida suratga olinayotgan bu filmning ssenariy muallifi Zulhumor Soliyev. Filmning asosiy g‘oyasi shou-biznes hayotini qamrab olgan bo‘lib, real voqealarga asoslangan va badiiy to‘qimalar bilan sayqallangan.
Kinokartinada bir qator mashhur aktyor va aktrisalar, shuningdek taniqli xonandalar kutilmagan obrazlarda namoyon bo‘ladi. Jumladan filmda Abduvali Rajabov, Ravshan Sobirov, Javohir Zokirov, Adiz Rajabov, Shohida Ismoilova, Zarina Nizomutdinova, Saida Rametova, Abduraim Abduvahobov, Said Muxtorov, Mirza Azizov, Sanjar Shodiev, Alisher Otaboyev, Zuhra Soliyev va boshqa 30-40 nafar taniqli yulduzlar jalb etilgan.




Kartinada mahoratli aktyor Adiz Rajabov hozircha sir tutilayotgan ijodkor bilan film uchun duet tarona kuylashi kutilmoqda.


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6857 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Seni o‘zim boy qilaman, Tanho yulduz, yohud
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
fax qanaqa ciqarkin
Like | 0
NuR_KR Tarona ni kutamiz
Like | 0
NuR_KR Tarona ni kutamiz
Like | 0
ShadowFiend Qanaqa Kino?
Like | 0
2536789 ajoyib juftlik
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное