Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Ishdagi ishq, yohud Yigitlarni yo’ldan uruvchi Juvonlar voqeasi (16+)

Saytimizdagi yakshanba muxlis minbari loyihamiz davom etadi.
Jamiyatimizda oilalarimiz buzilib ketish sabablari, o’z maqsadi yo’lida birovning to’shagiga kirishdan ham tonmaydigan juvonlarimiz ko’payib ketishi sabablari…

Azal-azaldan sharqona mentalitetimizga, o‘zbekona iffatimizga, or-nomusimizga butun dunyo havas qilib kelgan. Biz, aslida, ommaviy madaniyat atalmish jaholat tuzog‘iga ilingan va o‘zligini yo‘qotib borayotgan Yevropadan madaniyatimiz, ma’naviyatimiz bilan farq qilamiz. Ammo, taassufki, bugungi kunda jamiyatimizda shunday qusurlar paydo bo‘lmoqdagi, uni qanday hazm qilishni bilmaymiz. Biz bugun mulohaza yuritmoqchi bo‘lgan mavzu ham ana shunday illatlardan biri — ayni damda, ming afsuslar bo‘lsinki, tobora urchib borayotgan nuqson haqida.

***

 — Gapni nimadan boshlashni ham bilmayman, — deya ko‘nglini yordi suhbatdoshlarimizdan biri, — akam ancha paytdan beri o‘zgarib qolgan edi. Tabiyatan og’ir, bosiq, raximdil, bor vaqtini ilm bilan izlanishga, o’z ustida ishalshga va ishga qarituvchi akamdan asar ham qolmagandi. Akajonim butkul o‘zgarib, qo’llaridan telifon tushmas, undan bo‘shamasdilar.

Dastlab uning holatiga e’tibor bermadik, ammo keyinchalik vaqti-vaqti bilan, turli bahonalar qilib, uyga kech kelganidan odat chiqardilar, bazida tungi 1 da ham kirib kelardilar. So’ng biz tashvishga tushib qoldik. Sababini so‘raganimizda lom-mim demadi. Dadam ha bir bir qizni yoqtirib qolgandurda deb qo’ygandilar.

Shu tariqa kunlar ketidan kunlar o’tdi. Akajonim borgan sari odamovi bo’lib, hech kim bilan gaplashmaydigan, sal narsaga qizishib ketadigan bo’lib qoldilar. Uydagilar ha yoshda, balkim qizi bilan urshib qolgandur, balkim ishida biror muammo bo’lgandur deb oylashdi. Akam yoshliklaridan kasaldan boshlari chiqmagani bois, ota-onamiz ularga qattiq gapirishmasdi, javob bergilari kelmasa takror so’ray olishmasdi. Balki shu e’tiborsizligimiz sababmi akamni boshqalar o’z qarmog’iga ilintirganmikin.

Akam hatto ishga  ham qiziqmay qo’ydilar, Ishga bormaysizmi desam aralashma deb baqirib qo’yardilar. Uyda o’z xonalaridan chiqmasdilar. Tayinli ovqat ham yemay qo’ydilar. Shunday o’tayotgan kunlarning birida akam to’saddan hushini yoqotdi, uni o’z xonasida behush xolda topib oldik, Juda qo’rqib ketdik hammamiz. Tezda kasalxonaga olib bordik, U yerda jonlantirish bo’limiga olib kirib ketishdi. Oradan ikki kun o’tdi, ammo akam hushiga kelmasdi. Barchamiz akamga xudodan umr so’rab yeg’lardik. Aka esa goh-gohida bir ayol ismini qaytarib, alaqsirardilar. Hammamiz hayron qolgandik, bizning qarimdoshlarimiz orasida unday tanishlar yo’q edi.

So’ng men u ismdagi qiz kim ekanligiga qiziqib, akam telefonlarini ko’zdan kechirdim. Undagi rasmlar, yozuvlarni ko’rib hayratga tushdim. U qiz ham emas ekan, aksincha akamni ishxonasida u bilan birga ishlovchi, ikki farzandi bor bir juvon ekan. Akamdan bir necha yosh katta bo’lgan bu juvonga oq ko’ngil akam qanday ilakishib qolganlariga aqlim etmasdi. Bilishimcha u boshqasini topgan va akamni javobini bergan, shundan so’ng akam buni ko’tara olmagan. Tavba, u ayol akamni qanday qilib o‘ziga bunchalik bog‘lab oldi ekan-a? Akamlani shaxsiy do‘konlari, zamonaviy mashinalari bor, Xullas, doim yonlarida ko’p pul yuradigan yigit. Balkim shu moddiy boyliklarni maqsad qilganmi bu juvon bilmadim.

Ochig’i nima qilishga boshim qotgan, bir ko’nglim akamni hayotini ostun-ustun qilgan bu juvonni borib sochini bitta-bitta yulib, barchani oldida sharmandasini chiqargin desa, bir ko’nglim qo’y buni taqdir izmiga, xudoyimga qo’yib ber demoqda. Ammo tabiatan quvnoq, mehribon akamni hayotichi? Hali oila qurmagan, mustaqil hayotga endi qadam qo’yayotgan akam haqida, ularga qilgan ishini oqlab bo’lmaydida. Akamni o’z ishxonasida ham yomonga chiqarib qo’gan bu ayolga bilmadim kim bast kelarkin.

Sizlarga bularni yozishimdan maqsad, bunday ayollarni aslida kim ekanligi, ularning maqsadlari haqida ko’proq yoritinglar, Zero bu haqida bilgan, o’qigan akam kabi yigitlar ko’zlarini ochishsin, bunday juvonlar, ayyor ilonlar qarmog’iga ilinib, qo’lida qo’g’irchoq bo’lib qolishmasin.

***

Aslida, bizni aynan shu mavzuda fikrlashga majbur qilgan narsa ham ana shu voqea bo‘ldi. Beixtiyor suhbatdoshimizning moddiy ahvoli bilan qiziqdik. Ota-onasi badavlat, shaxsiy do‘konlari bor ekan, akasi esa mashinada yurarkan. Xullas, doim yonida pul yuradigan yigit. Biroq ikki bolali juvon haqida hech narsa bilmaganligimiz sababli bu voqeada yigitni yoki juvonni ayblash borasida yakdil xulosa chiqara olmadik. Ammo bir narsa aniqki, yigitda ham, juvonda ham ayb bor. Xo‘p, yigit hali qiziqqon, har narsaga o‘ch bo‘lgan yoshda ham deylik, lekin narigi juvonni nima jin urdi? Axir u ikki nafar farzandning onasi, ozmi-ko‘pmi hayotning achchiq-chuchugini tanigan bo‘lsa? Nega bu yo‘lga kirdi? Pul uchunmi? Xo‘p, yoshgina yigitning umrini, vaqtini xazon qilib topgan puli yaxshi kuniga yararmikin? Bolalariga yuqarmikin bu pullari? Qolaversa, ayollik sha’ni, iffati qaerda qoldi?

Bugungi kunda ming afsuslar bo’lsinkim jamiyatizda moddiy va shaxsiy manfaat uchun hamma narsaga tayyor bo’lgan bunday ayollarimiz ko’payib bormoqda. Bir o’ylab ko’ring opajon sizning ham o’g’lingiz bor ekan, shu o’g’lingizga huddi o’zingizdek kelinni ravo ko’rasizmi? U o’g’lingizni aldab, ko’chada yoki ishda boshqalar bilan yursa yaxshimi. Bir narsani unutmang, bu qaytar dunyo. Yolg’on va tuxmatlarning tagi 40 yilda ham chiqadi.

Ushbu hodisaga juda qiziqqanimiz sabab, saytimiz ijodiy jamoasi mazkur juvon va yigit ishlaydigan tashkilotga borib, bir qancha surishtiruv ishlarini olib borishdi. Ayrimlar juvon haqida yaxshi fikrlar berib, uni bunday ayol emas deyishsa, qolganlar yigitni maqtab, bu bolani shu ayol yer bilan bitta qildi, degan so’zlarni aytib o’tishdi.  Faqat bu yigit emas, tashkilotdagi birqancha erkaklar bilan yurgani, ularning boshini aylantirib, ko’ngil hushlik qilgani. Shuning bahonasida ko’p ishlarini bitirib olgani haqida eshitib ajablandik. Insonlarimiz shunchalar tubanlashib ketishdi (mi?).

Ha, bizningcha juvon haqida yaxshi fikrdagilarning ko’zi ko’r bo’lsa kerak.

Shundan so’ng, uning oilaviy ahvoli bilan qiziqdik, Ha u haqiqatdan ham oilali ikki beg’ubor bolalaning onasi bo’lib chiqdi. Turmush o’rtog’I bilan turli-xil kelishmovchiliklar, oiladagi muammolar, erining  tez-tez rashk qilishi, qaynonajonning doimiy tergashi, uy yumishlaridan qo’chib, yengil hayot, o’z bilganicha yashash maqsadida man bir nehcha yildirki juvon ota-onasining uyida yashar ekan. Ammo qonuniy ajrim bo’lmagan. Otaga farzandlarini haftada bir uyiga olib ketishiga ruhsat beruvchi bu ayol o’z ko’nglida juda rahimdil va farishta timsoli. Agar ota endi qaysarliklar qilsa, juvon bollarini ko’rsatmayman kabi turli-xil gaplar bilan qo’rqitib borishi aniqlandi.

Ochig’i juda hayratlandim. Osha juvonning ota-onasiga ham qoil qolmadim. Qizlarini bag’irlariga olib, unga mehribonchilik qilishdida huddi. Ammo u endi bilganini qilib yuribdiku. Bu nima to’qlikka sho’xlikmi? Yoki o’tginchi xirsga bo’lgan tobelikmi.

Xa xop, siz hozir yoshsiz, bunga imkoniyatingiz bor. Ertaga vaqt o’tib, siz ham farzandlaringiz ham katta bo’lganidachi? Kelinni shu otangizni uyiga tushirasizmi? Yoki eringizdan uy olib berishni talab qilasizmi? Yo jazmanlaringizdan biriga uy oldirishni rejalashtiryapsizmi? SHunday ham bo’ldi deylik. Biror bir jazmaningizga ikkinchi xotin bo’lib turmushga chiqdingiz. Ho’sh keginchi, ertaga farzandlaringizni uylantirayotgan, turmushga berayotgan vaqtingiz quda tomon oilangiz holatini ko’rib o’z farzandini sizning farzandingiz bilan oila qurishiga rozi bo’larmikin. Yoki farzandlarim ham, men tanlagan yo’ldan boradi, bitta yaxshisini boshini aylantirib tegib oladi, degan fikrdamisiz. Shunday ham bo’ldi deylik, keyin uning hayotichi? Sizga uning hayoti ahamiyatsizmi? Siz yashayotganingiz kabi yashasa hursand bo’lsangiz kerak unda.

Bu holat bo’yicha malakali mutaxasis fikrini bilishga urindik:

Bunday holatlar bugungi kunda ko’plab uchraydi.
Aslida erkaksiz ayol qancha chidashi mumkinli haqida so'radingiz, bu borada ko'p taxminlar mavjud. Ammo o'rtacha hisobda aytib o'tishim
 mumkin, bu 4 oy. Undan kegin ayol o'zini to'xtata olmasligi mumkin, bu uning arganizimidagi jinsiy gormonal muhitga ham bog'liq. Bazilarda bu jaroyon kuchli bazilarda esa kuchsiz o'tadi.
Ammo shunday ayollar haqida gapiryapsiz, endi u ayollar eri bo'la turib, boshqasi to'shagida, yana turli-xil erkaklar bilan, ustiga-ustak oilali erkaklar bilan bo'lishi bu mutlaqo noto'g'ri.
Buning salbiy oqibatlari turlicha kechishi mumkin, Turli-xil kasalliklar jinsiy yo'l bilan yuqish extimoli yuqori, Aytimishimiz mumkin himoya qilamiz, yoki ayol doimiy davolanish ko'rigidan o'tishi mumkin, Lekin shunday kasalliklar bor, avvaliga o'zini borligini namoyon qilmaydi, asta sekin organizmni yemirib, o'lim holatlari ham kuzatiladi.
Bundan tashqari bu yerda boshqa oila taqdiri ham turibdi, U erkakning oilasi, bolalarichi? 
Bu ayol kabi harakter egalari oddiy til bilan aytganda tili boshqa, dili boshqa insonlar toifasiga kirishadi. Ular o’zlarini yordamga muhtoj, hokisor, ho’rlangan qilib boshqalarga ko’rsatadilar. Bundan asosiy maqsad odamlar unga boshqacha ko’z bilan qarashlari, ularning e’tiborini qozonish. Ammo bunday ayollar har kim bilan yaqin munosabat o’rnatishmaydi.  Faqat o’zlarining manfaatlari uchun kim bilandur yaqin munosabatda bo’lishlari mumkin. U insonning keragi bo’lmagandan kegin, sekin chetga chiqarib qo’yishadi. Bunday harakter odatda oilaviy taribiya bilan shakillanadi, ammo bazi hollarda hayotiy voqealar, turmush tarzi ham insonni shunday holatga olib kelib qo’yishi mumkin. Ayrim ayollarimizdan nega bunday yo’l tutdingiz desak, men ham ayolman, o’zim uchun ham yashashim kerak deb javob berishadi. Ayrimlari esa erimga achchiq qilib, shunday qildim deb o’zlarini oqlashga urinishadi…

Hop maylin, men ayolman desangiz unda nega bir qancha erkaklar tuyg’ulari bilan o’yashdingiz, ularning ayrimlari oilaliy, oila qurmaganlari esa boshqasiga uylanishni hohlashmayapti. Sizga shu kerakmidi? Insonlar qarg’ishini olib, topgan harom pulingiz yuqadi deb o’ylayapsizmi.

Undan ko’ra o’z tengingiz bilan oila quring desak, hali qonuniy eri bilan ajrashmagan bo’lib chiqishadi. Ular odatda kattaroq baliqning jazmani (lubovniki) bolib yurish ularga onsonroq. Gap-so’zdan nariroq bo’lamiz deb o’ylashadi.

Sizga maslaxatim, aziz ayolim: agar turmush o’rtog’ingizdan ko’ngingiz to’lmasa unda bunday yurmay ajrashing, boshqa hayot quring. Aslida oilada turli-xil kelishmovchiliklar bo’lib turadi, bariga sabr qilgan ayolga olloxim ulkan baxt beradi. Sizda sabrdan ko’ra, hirsga bo’lgan intilish kuchliroq ekan. Siz kabi ayollar bir umr baxt izlab o’tishadi. Insonlar baxtini sindirib, baxtli bo’lib bo’lmaydi. Siz o’sha butun boshli hayotini, ishini, hurmatini yoqotgan yigit taqdiriga naxot achinmadingiz. Maylin u o’z yo’lini topib ketar, ammo ko’plab qoqilishlari, ketma-ket azoblari uchun bir kun siz javob berasiz aziz ayolim, aqlingizni yeg’ib oling.

 Men o’z tajribamdan kelib chiqib aytaman, bunday ayollar bilan ko’p suxbatlar o’tkazganman, Ammo ularning ko’p qismi baribir qilayotgan ishidan qaytmagan.

Bir ayol 42 yoshligida bir yigitga ilakishdi. Vaqt o’tib yigit uni tashlab ketdi. U ayolning farzandlari bor edi. Ayol 58 ga kirganida, 18-20 dagi ikki farzandi ham onalari tashlab ketishdi. Mana sizga hayot. Mana olloximning oqilona hukmi.

***

Tavba qanday kunlar keldi a… Jamiyatimizda jazmani bor erkaklardan ko’ra jazmani bor ayollarimiz ko’payib borayotgan jamiyat quryapmizmi? Haqiqatdan ham bizda manaviyatni kuchaytirishimiz, davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotgan qo’sh xotinlik, fohishalik va buning oqibatida yuzaga kelayotgan oilalarimizning buzilib ketish holatlari ming afsuslar bo’lsinkim bizning Toshkent shaxrimizda ko’plab kuzatilmoqda.

Bunday holatlarni oldini olish, bunga qarshi kurash uchun tegishli chora-tadbirlar olib borish bilan bir qatorda Davlatimiz tomonidan shu bo’yicha tegishli qonun va qarorlar ishlab chiqarilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Sababi fohishalik bilan shug’illanish, oilasiga hiyonat qilayotganlar qo’lga olinayapti, ammo ularni kimligi oshkor qilinmayapti, keng ommaga ko’rsatib, sharmanda qilinmayapti. Qo’lga tushganlar esa jarima to’lab, bu holatdan chiqib ketishmoqda va o’z ishlarini davom etdirmoqdalar. SHu sababli bundaylar uchun ko’riladigan jazo choralari bo’yicha ham atroflicha ko’rib chiqilishi lozim, nazarimda. Chunki oila muqaddas, qadim-qadimdan oilaga muqaddas qadriyat sifatida qarab kelingan. Nikox mustaxkamli, oila birdamligi uchun barcha birdek kurashib kelgan.

O’z fikrlarim yakunida bir voqea haqida aytib o’tmoqchi edim:     

Bir Yolg’iz ona o’z o’g’ini qiyinchiliklar bilan, boqib katta qilibdi. O’gil Onasining duolari bilan yaxshi joyga ishga joylashibdi, Kunlar o’tib, onasi tanlagan aqlli va mehribon biz qizga uylanibdi. Maxallaning eng ahl oilalaridan biri desak adashmaymiz. Kunlar o’tib ular ham farzandlik bo’lishibdi. 

Bir necha yildan so’ng esa ona keksayib, qarichilik sabab, farzandiga suyanadigan vaqtida esdan og’ib qolibdi. O’g’il onasining turli-xil tinimsiz savollari, injiqliklaridan to’yib ketibdi.

Bir kuni ular boshqa uyga ko’chadigan bo’lib qolishibdi. Shunda og’il ayoliga onamni shu yerda tashlab, o’zimiz ketamiz debdi, Ayoli siz nima desangiz shu debdi. Ular onasini tashlab, o’zlari yangi uyga borishibdi. Narsalarni joylab, og’il choy ichay deb o’tiribdida, o’z og’lini chaqiribdi. Qarasa o’g’li bu yerda yo’q. Ayolidan qani o’g’lim deb so’rabdi, Shunda ayol: Uni onangiz yonida tashlab keldim, ularga kimdur qarashi kerak-ku. O’g’il: Ha nega unday qilding, ahr o’g’limiz onamga qarolmaydiku. Ayol: Bir kun kelib o’g’limiz ham katta bo’lganda bizni huddi shunday tashlab ketadi dadasi, shuning uchun bunday kun kelmasin deb, uni oyijonni yonida qoldirdim, deb javob beribdi. Ayolining bunday oqilona javobi o’g’ilning ko’zlarini ochibdi. Uydan yugurgancha chiqib, eski uyga boribdi. Onasini bag’riga bosib, onajon men o’g’lingizni kechiring, ona. Deb oyoqlarini quchoqlab yeg’lagancha, onasini ko’targancha o’z uylariga olib ketgan ekan.

Bu hayotiy voqealardan biri, Buni sizlarga aytishimizdan maqsad ko’zimizni ochaylik, qadirdonlarimizni ezozlaylik. Hammamiz bu dunyoda g’animatdirmiz. Bu dunyo qaytar dunyo ekanligin unutmaylik ey inson…

Shunday ekan barchamizga insof berishini, o’tginchi hoyu-havasni deb, gunohga botmaslikni, muqaddas oilalarni, o’zga insonlar taqdirini buzmaslikni, o’z baxtimizni o’z tengdoshlarimiz orasidan qidirishimizni tilab qolardik.  

 

HAQIQIY AYOL, BU FARZANDIM DEB YASHOVCHI. BOR MEHRINI UNGA BERUVCHI AYOLDIR.

MEN HAM AYOLMAN, MENAM YASHASHGA, BAXTLI BO’LISHGA HAQLIMAN DEGAN AYOLNI AYOL DEB BILMAYMAN. BUNDAYLAR SHUNDAY NIQOB BILAN BIR UMR YASHASHADI ASLIDA… 
 

Shox tayyorladi




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 45174 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: yo’ldan uruvchi, yohud, Yigitlar, 16+, Ishdagi ishq, voqeasi, juvonlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 xa XUDONING O'ZI ASRASIN BUNDAY AYOLLARDAN...o'zi insof bersin. Bunday ayollar qiyomatni yaqinlashtiradi...ALLOH MEHRIBON...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное