Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Osiyo-Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Chilonzorda yigitlar sport zalidan ushlab ketildi. IIBB buning sababini ochiqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolarni sport zallardan olib chiqib ketishgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bunga ularning soqoli o‘sgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi ish yurituvida fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (“Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish”) alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.

Mazkur fuqaro xalqaro terroristik tashkilotlarga qo‘shilish maqsadida O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 

“Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida bir nechta fuqarolar tergov idoralariga chaqirtirilgan, biroq ayrim fuqarolar uzrli sabablarsiz tergov organlariga kelishdan bosh tortganligi sababli, ular hududiy tuman IIO FMBga majburiy tartibda olib kelingan”, deyiladi xabarda.

IIBBga ko‘ra, ayrim fuqarolar Chilonzor tumanidagi sport zallarda bo‘lishgan va tuman IIO FMBga olib borilgan. Keltirilgan har bir fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, jinoyat ishiga aloqador bo‘lmagan fuqarolar qo‘yib yuborilgan. 

3 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi doirasida qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1892 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sport, ushlab, buning, ochiqladi, Yigitlar, sababini, IIBB, zalidan, ketildi, Chilonzor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное