Gulsanam Mamazoitova - ... Gulsanam Mamazoitova - ...
Alisher Fayz - Iltijo (... Alisher Fayz - Iltijo (...
Sardor Rahimxon - Onam ... Sardor Rahimxon - Onam ...
Umar Shamsiyev - Erkato... Umar Shamsiyev - Erkato...
Daler Xonzoda - Lonely ... Daler Xonzoda - Lonely ...
Ulug'bek Rahmatullayev ... Ulug'bek Rahmatullayev ...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Sitora Alimjonova
Sitora Alimjonova
Sitora Alimjonova
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ishq Jodusi - All I want
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

TATUga al-Xorazmiy nomi berildi



O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori e`lon qilindi. Qarorning to'liq matni O'zA saytida joylashtirilgan. Unga ko'ra universitetga al-Xorazmiy nomi berilgan. 

Muhammad al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarning ilmiy yo'nalishlarida ko'plab qomusiy asarlar yaratgan. Algebra faniga asos solib, fundamental ma`lumotlar, traktatlarni ilmiy bayon etish qoidalarini ishlab chiqqan. Buyuk vatandoshimizning ilmiy izlanishlari, ilmiy-tadqiqot nazariyalari va ilmiy xulosalari butun jahon ilmu ma`rifat ahli tomonidan e`tirof etilib, dunyo ilm-fanining bebaho merosi sifatida yuksak qadrlanib kelinadi.

Bugungi kunda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yurtimizdagi yetakchi oliy ta`lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetning Samarqand, Farg'ona, Qarshi, Urganch, Nukus filiallari faoliyat ko'rsatmoqda. Universitet va uning filiallarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, pochta aloqatexnologiyalari kabi o'nlab ta`lim yo'nalishlari bo'yicha o'n mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.

Yosh avlodni ulug' alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosining munosib davomchilari etib tarbiyalash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi, shuningdek, 2017/2018 o'quv yilidan boshlab Universitetda ulug' alloma nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng o'rganish bilan bog'liq qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Qarorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari bilan ta`lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqasini ta`minlash, an`anaviy tarzda respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazish, yurtimizdagi yetakchi ilm-fan namoyandalari ishtirokida oliy ta`lim muassasalari talabalari, yosh olimlar, professor-o'qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishga e`tibor qaratish, shuningdek, Universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etish bo'yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

Oliy ta`lim muassasalari talabalari o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish borasida tanlov va olimpiadalar o'tkazish, matematik modellashtirish, algoritmlash, kriptologiya, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalari, axborot xavfsizligi yo'nalishlarida zamonaviy o'quv adabiyotlarini tayyorlash, ularning multimediali avlodlarini yaratish hamda talabalar, olimlar va pedagoglarning ushbu o'quv adabiyotlaridan erkin foydalanishlari uchun ularni elektron resurslarga joylashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.

Ayni vaqtda qaror bilan universitetning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, universitet qoshidagi «Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazi» o'rnida «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi»ni tashkil qilish zarurligi ham ko'rsatib o'tildi.

Mazkur markazning asosiy vazifalari sifatida iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlari uchun real ehtiyojlarni hisobga olib, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh, sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlarni yaratishga, eng avvalo, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta`lim olayotgan talabalarni keng jalb etish belgilandi.

Qarorga ko'ra, markazda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari buyurtmalari asosida boshqaruv, ishlab chiqarish, biznes va boshqa yo'nalishdagi jarayonlarni avtomatlashtirishni tizimli va ilmiy tahlil qilish, ularning modellarini hamda algoritmlarini ishlab chiqish hamda joriy etish mexanizmlari yaratiladi.

Mamlakatimizda yuqori texnologiyalarga asoslangan texnik va dasturiy mahsulotlarni yaratish, import o'rnini bosuvchi qurilmalarni mahalliylashtirish va eksportbop qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

Markazda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, mutaxassislari va yosh ilmiy xodimlarini milliy dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualarni yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot loyihalariga keng jalb etish, xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg'or ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga ham katta e`tibor qaratiladi.

Qabul qilingan qarorning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, Universitet qoshida Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg'armasi (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb yuritiladi) tashkil etilmoqda. Mazkur Jamg'armaning mablag'lari mobil aloqa xizmatlari ko'rsatadigan kompaniyalar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to'lanadigan to'lovdan tushadigan mablag'larning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantirilishi ko'zda tutilmoqda. Mazkur Jamg'arma mablag'laridan quyidagi yo'nalishlarda foydalanish belgilanmoqda:

Universitet uchun o'quv darsliklar, ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, jumladan, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, iqtidorli talabalar uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya xarajatlarini qoplash va «Muhammad al-Xorazmiy avlodlari» ilmiy jurnali nashr etilishini moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
Universitet va Markazning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tanlov asosida moliyalashtirish, ularning ilmiy va o'quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan ta`minlash;
Universitetning iqtidorli talabalari, professor-o'qituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy ta`lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Universitetda dars berish va Markazda ilmiy tadqiqotlar o'tkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb qilish.

Qaror doirasida nazarda tutilgan barcha tadbirlar mamlakatimizda iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta`minlashda, ilm-fan va kadrlar tayyorlashning rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo'lib, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanning nufuzini oshirish, professor-o'qituvchilarning sharafli mehnatini qadrlash, kadrlar intellektual salohiyatini mustahkamlash, uni tashkillashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirish, universitetning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash, uning xorijiy davlatlardagi nufuzini ko'tarish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga ko'proq jalb qilishga keng yo'l ochadi.

Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1925 | Голосов:: 0| Теги:: farmon, al-Xorazmiy, Toshkent axborot texnologiyalari un
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 19:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Dilso'z ft. Qilichbek Madaliyev - Halovat  
. Ummon Guruhi - Humorim  
. Shoxruz (Abadiya) - Do'stim  
. Aziz Rametov - Malikam  
. Shohjahon Ulug'bekov - Tufli Mufli  
. Shaxriyor - Popuri  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Baxt  
. Bahrom Nazarov - Baxt Uchun  
. Shaxboz va Navruz - Yordam Ber  
. Shoxruz (Abadiya) - Soy Bo'yida  
. Alisher Fayz - Kammi  
. Mustafo - Mehriban Aile  
. Farrux Xamrayev - Po'mpivoyim  
. Umidaxon - Yig'lamang  
. Ummon Guruhi - Qanday Ayt  
. Shojasur Shoakbarov - Majnuntol  
. Bahriddin Zuhriddinov - Uyg'oning Ona  
. Sur'at Islomov - Duodaman  
. Yagona - Janob  
. Daler Xonzoda - Lonely  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola