Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Telegram`ni buzib kirishdan himoyalashni bilasizmi?



Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ommabop messenjer Telegramni ham buzib kirib, undagi shaxsiy xabarlarni o`qish mumkinligi haqida ma`lumotlar paydo bo`ldi. Quyidagi tavsiyalar yordamida siz o`z Telegram sahifangizni buzib kirishdan himoya qilishingiz mumkin: 
1. Telegram mobil mijozini oching. U erdan Settings punktini toping. 
 
2. Boshqa sahifadan Privacy va Security punktlarini toping. 
 
3. Privacy va Security bo`limlarida bizga Security bo`limi kerak. Birinchi navbatda Two-Step Verification punktini topamiz va qo`shimcha parol o`rnatamiz. Qo`shimcha parol sizning Telegram sahifangizni yanada ishonchliroq qiladi. Ya`ni siz boshqa qurilmadan telegramga kirmoqchi bo`zlganingizda, faqat sms orqali jo`natilgan parolni emas, balki qo`shimcha parolni ham kiritishingizni so`raydi. Turgan gapki, uni sizdan boshqa hech kim bilmaydi, natijada esa telegram sahifnagizni hech kim buzib kirolmaydi. 
  
4. Endi esa Active Sessions punktiga ahamiyat bering. Uning yordamida siz telefon raqimingizdagi telegram ishlayotgan barcha qurilmalarni ko`rishingiz va ortiqchasini o`chirishingiz mumkin.
 
Ro`yxatda mijoz ismi, IP-manzili va so`nggi marta Telegramdan foydalangan sana ko`rsatiladi.
 
Mazkur ma`lumotlarni ko`zdan kechiring va ortiqchasini o`chirib yuboring.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4686 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telegram
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное