Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Telegram qator foydali funksiyalarga ega bo‘ldi


Telegram messenjerining dasturchilar jamoasi uning funksional imkoniyatlarini kengaytirishdan bir zumga bo‘lsa ham to‘xtaganlari yo‘q. Bu sa’y-harakatlar natijasida mazkur messenjerdan foydalanuvchi faol auditoriya tobora kengayib bormoqda. Misol uchun, 2018 yilning mart oyida Telegram xizmatidan faol foydalanuvchilar soni jahon miqyosda 200 mln nafarga yetdi. Ularning har biri har kuni bu tarmoqqa hech bo‘lmasa bir marotaba kiradi.

Jori yilning 23 mart kuni Telegram xizmati uchun navbatdagi yangilanish ishga tushirildi.Messenjerning bu yangi talqinini Android hamda iOS operasion tizimlari foydalanuvchilari smartfon yoki planshetlariga yuklab olishlari mumkin.

Mazkur yangilanish ikki foydali funksiyalar – qidiruv tizimi yordamida stikerlarni izlashni amalga oshirish hamda fotosuratlarni alohida emas, balki pachkalab, ya’ni birato‘la bir nechta surat yuborish imkoniyatlari bilan ta’minlangan.

Ushbu messenjerda stikerlarning joriy qilinganiga 2 yildan oshdi va bu funksiya uning ommalashuviga ijobiy hissa qo‘shgan. Ko‘plab uchinchi tomon dasturchilari o‘zlarining shaxsiy stikerlarini ishlab chiqarib, bu xizmatda e’lon qilganlar. Natijada, ularning soni hozirda 500 dan oshib ketgan.

Shu sababdan ham, Telegram dasturchilari stikerlar bo‘yicha tezkor qidiruv tizimini ishga tushirishga qaror qilganlar. Bu funksiyadan foydalanish juda oson. Agar siz kalit so‘zni yoki biror Emoji smaylikni kiritsangiz, xizmatning o‘zi sizga mavzu bo‘yicha zarur stikerni taklif qiladi.

Shu bilan birga, endi Telegram tarmog‘ida fotosuratlarni dastalab yoki paskalab yuborish imkoniyati tug‘ildi. Bu funksiya ham oson va undan foydalanish ortiqcha ish talab qilmaydi. Agar siz fotosurat yoki video jo‘natmoqchi bo‘lsangiz, kerakli fayllarni belgilab olasiz va shundan so‘ng messenjerda paydo bo‘lgan "+" belgisini bosasiz.

Aytish joizki, iPhone, iPad hamda iPod Touch foydalanuvchilari ham endi tungi rejimni avtomatik ishga tushirish funksiyasidan maza qilib foydalanishlari mumkin. Android tizimida bu jihat bir necha hafta ilgari ishga tushirilgan edi.

Ikrom Rahmon



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 7048 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telegram
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное