Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

To‘ti Yusupova olamdan o‘tdi? Anglashilmovchilikka oydinlik kiritamiz

Odamlar qiziq. Ko‘rmay, guvohi bo‘lmay turib, shunchalar ishonch bilan gapirishadiki, hayratdan yoqa ushlaysan kishi. O‘tgan hafta internet olami, ijtimoiy tarmoqlar xususan whatsapp, telegram deganlari tinim bilmadi. Hammaning og‘zida bir gap: “O‘zbekiston xalq artisti, el ardog‘idagi aktrisa To‘ti Yusupova olamdan o‘tibdi”. Bu xabar butun Respublika bo‘ylab tarqalib, tahririyatimizga ko‘plab qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Bu gapga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbek milliy akademik drama teatriga, so‘ng O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaga qo‘ng‘iroq qildik. Go‘shakni aktrisaning o‘zi ko‘tardi.
 
To‘ti Yusupova, O‘zbekiston xalq artisti:

— (kulib) Xudoga shukr, soppa-sog‘man. Ortiqcha shov-shuv ko‘tarishga hojat yo‘q. Ayni damda biroz tobim bo‘lmay kasalxonada davolanayotganim uchun ham shunday gaplar tarqalgandir. Tez orada ishga, muxlislarim yoniga qaytaman.

P\S: Yodingizda bo‘lsa gazetamizning o‘tgan sonlarida qoraqalpog‘istonlik sayyoramizning eng keksa ayoli —135 yoshli To‘ti momo Yusupova haqida maqola chop  etgan edik. Ma’lumotlarga qaraganda, to‘rtko‘llik To‘ti momo o‘tgan hafta vafot etgan. Tushunmovchiliklar sabab ko‘pchilik uni aktrisa bilan adashtirgan.

Marhumaning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz. O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaga esa uzoq umr, mustahkam sog‘lik tilaymiz. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 23001 | Рейтинг: 0| Рейтинг: To‘ti Yusupova, olamdan o‘tdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное