Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Janna Friske 41 yoshida olamdan o‘tdi

Rossiyalik qo‘shiqchi Janna Friske uzoq davom etgan xastalikdan keyin, 41 yoshida yorug‘ dunyoni tark etdi. Bu ma’lumotni uning otasi Vladimir Friske tasdiqlagan.
RIA Novosti nashrining xabar berishicha, o‘tgan yilning yanvarida miya caratoni tashxisi qo‘yilgan xonanda 16 iyunga o‘tar kechasi vafot etdi.
"Ha. Shunday bo‘ldi", deydi marhumaning otasi Vladimir Borisovich.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning yanvarida Janna Friskening turmush o‘rtog‘i bo‘lmish teleboshlovchi Vladimir Shepelov rafiqasining og‘ir xastalikka chalingani haqida Birinchi kanal efiri orqali ma’lum qilgandi. Shundan keyin xonandaning muxlislari uning davolanishi uchun 68 mln rubl miqdorida mablag‘ yig‘ib berishgan, Friske bu pullarning bir qismini onkologik xastaliklarga chalingan bolalar uchun ajratgandi. Keyin esa uning o‘zi Nyu-York va Shanxaydagi kasalxonalarda davolangandi.
Ma’lumot uchun, Janna Friske 1996 yilda "Blestyaщie" guruhi bilan chiqishlaridan keyin tanilgan, 2003 yildan boshlab yakkaxon xonanda sifatidagi faoliyatini boshlagandi. Friske "Tungi qorovul" ("Nochnoy dozor"), "Kunduzgi qrorvul" ("Dnevniy dozor") va "Erkaklar nima haqida so‘zlashadi" ("O chem govoryat mujchini") kabi filmlarda ham suratga tushgandi.
"Albatta hamma vafot etadi. Ammo bu juda erta o‘lim bo‘ldi. U mehribon, samimiy va kuchli ayol edi. Ey xudoyim, bu men uchun og‘ir judolik bo‘ldi. Janna, sen u yerda baxtli bo‘lishingga ishonchim komil. Ya’ni, sening baxtli yo‘ling davom etadi", deya o‘z tvitterida yozib qoldiradi Maksim Fadeyev.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7359 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 0| Рейтинг: olamdan o‘tdi, Janna Friske, 41 yosh
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
grafinya Janna Friskening o'limi haqida Instagramdan bilgandim. U go'zal va yoqimtoy ayol edi. Afsus bu dunyoni erta tark etibdi. Joyi jannatda bo'lsin
Like | 0
TOPVICK Afsus... Ajoyib xonanda edi.Ochig'i eshitib ham,o'qib ham ishonmidi odam
Like | 0
sanjarbek95 bechora joyi jannatda bolsin
Like | 0
saddam9090 Beçora Friski... Joyi jannatda bo'lsin
Like | 0
ilxom1989 Joyi jannatda bulsin
Like | 0
Olma977 Essiz yaxshi qo'shiq aytardi.
Like | 0
fanatka95 Ajoyib xonanda edi
Like | 0
samiya Olloxim rahmatiga olgan bo'lsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное