Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

To‘y xashamlar TARTIBI nima bo‘ldi?! ANIQLIK!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasiga binoan to‘y-xashamlarni tartibga solish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun senat tarafidan loyixa tayyorlanib, 15-mart kuni u muxokamaga qo‘yildi. Muxokama yakunlanishi 30-mart kuniga belgilangandi.

Mana 4-aprel xam keldi ammo, qaror qabul qilinmadi va bu ishni iyun oylariga surilgani xaqida xabar tarqaldi.

 

Axamiyat bering-a, Prezident TAVSIYaSI, SENAT LOYIXASI va MUXOKAMA so‘zlariga.

Biz asosan shou-biznesda faoliyat yuritadiganlarni o‘zlaricha tepadan turib kekkayib “sariq pressa” deb nomlaydigan ayrim diplomlik va rasmiy xabarlar saytlari jurnalistlarini endi axvolini bir ko‘ring...

Kim shoshib buni “Prezident farmoni” deb nomladi, kim “QAROR chiqdi” va yana kim xali muxokamada bo‘lgan LOYIXA maqomidagi yozuvlarni keng ommaga “Endi bir to‘yda bir artist bo‘ladi!” deb rasmiy xabar chop etdi.

Shumi diplomlik rasmiy jurnalistikamizni axvoli? Na qonun xujjatlarini taxlil qilishni va na loyixani farmonu qarordan farqlay olmaslik! Shou-biznes saytlari sariq pressa (ya’ni tasdiqlanmagan ma’lumotlar degani) bo‘lsa unda bu xato va noto‘g‘ri ma’lumotni xalqqa tarqatib vos-vos ko‘targanlarni faoliyatini qaysi rang bilan belgilash mumkin?

Kakashka-pressa!

Ana endi, keling xammasini tartib bilan fikrlab joylab chiqamiz!

Uvolga qarshimiz! To‘y-xashamlardagi (negadir) xalqda urf va qonunga aylanib bo‘lgan xarajatlar taqsimlanishi, bu qizni mebelidan to o‘sha tog‘oralargacha bo‘lganini yo‘q qilish yoki o‘zgartirishga qo‘shilaman, bu to‘ppa-to‘g‘ri! Bu urf odatlarni o‘zimiz chiqarganmiz va unga xurmat xissi noto‘g‘ri, avliyolar o‘ylab topmagan, muqaddas kitoblarda nozil bo‘lmagan, shunchaki xalqning o‘zi o‘ylab topib, o‘zi qilib kelayotgan narsa aynan o‘sha muqaddas kitoblardagi SARF xarajatlar bobida mutlaqo zid va asli uvol ekani aniq. Buni qaror va farmon bilan tartibga solmasa o‘zimizni qo‘limizdan kelmaydi. Masalan men uylanganimda xam kuchim yetmagan chunki, “El nima deydi? Qiz bolani uyidan karnay-surnay bilan olib chiqib ketiladi, maxallasidan to‘y bilan olib chiqib ketmasang, uni sharmanda qilasan, qo‘ni qo‘shnilar nima deydi, avlodimizda sen aytgan to‘y bo‘lmagan , zotimizda doim shunaqa urflar bo‘lgan , sharmanda” va xokazo. Shukr lekin ko‘pgina narsalarni yo‘q qilishga kuchim yetgan. Xullas ortiqcha sarf xarajat va uvol taraflariga farmon chiqsa tamom! Bunisi boshqa gap!

Nikox kechasi! Shaxsiy va balki sub’ektiv fikrimcha, to‘y tantanasi bo‘lgan nikox kechasidagi artistlarni tartibga solish noto‘g‘ri! Chunki bu avvalo ma’lum bir oilaning shaxsiy bayrami! Shaxsiy xudud! Bizni uyimizdagi shaxsiy bayramimizga qaror chiqishi g‘alati. Bunaqada tug‘ulgan kunimizda uyga tort keltirilishigacha tartibga solish qarori chiqsa unda fuqarolar xuquqi qayda qoladi? Kelin va kuyovni o‘z orzu xavasi bor, uni cho‘ntagi ko‘tarsa bemalol, biroq artistni zo‘rini to‘yga chaqirish azaliy urf emasku, yoki chaqirmasa to‘y to‘ydek emas degan tushunchayam yo‘q. Xali xanuz aksar to‘ylarda bitta “dejur sostav” bilan to‘y o‘tib ketyapti, ammo istaganlar xoxlagan artistini taklif qilishi bu uning shaxsiy ishiku. Xar bir fuqaro o‘z pulini istaganicha sarflash xuquqiga ega, ammo bu jinoyatga aloqador bo‘lmasa bo‘ldi. Bayram esa xammada bayramdek o‘tgan, o‘tyapti va o‘taveradi. Bayram qanday o‘tishi o‘sha oilani moddiy axvoliga bog‘liq.

Bir to‘yda bir artist! Unday bo‘lsa barcha xonandalar ishsiz qolishi aniq va to‘ylarni otarchi guruxlar egallaydi. Bu degani necha yildan beri kurashilib kelinayotgan ko‘chadan va kerak bo‘lsa qatortoldan (majlisda aniq voqea keltirilgandi) to‘yxonaga kirib kelayotgan qizlar faoliyatini rivojlantirish demakku. Yana bir necha artistlar falon pulga yozgan qo‘shiqlarini ular noqonuniy tarzda foydalanadi degani. Bu firibgarlik ko‘rinishi va jinoyatga yo‘l qo‘yib berishlik degani. Artist qo‘shiq yozsinu ammo undan pul topmasin, shundaymi?

Bir eshikni yopishdan avval boshqasi ochilsa... Yurtimizdagi xonandalarni avvalo aniq pul tushumi tushadigan joyini belgilab turib, keyin to‘ylardan tushadigan faoliyatiga ko‘z tikilsa to‘g‘ri bo‘lardi zero, bizni yurtimizda NEGADIR xaliyam qaroqchi disklar faoliyati nazardan chetda qolmoqda. Natijada artistlarimiz na diskdan va na konsertdan sarf-xarajatlarini qoplaydigan summani ololmaydi. Konsert uchun ketadigan xarajatlar kamida 10 ming dollardan (judayam kamida bu) to 100ming dollargacha bo‘lgan sarf-xarajatlik konsertlarni bilamiz. Bir qo‘shiq yozish o‘rtacha 500-700 dollarga aylansa (she’r, musiqa, aranjirovka, svedenie), uni radiolarda promosi bir oyda o‘rta xisobda 1000 dollardan oshadi, bu birgina radio ko‘rsatgichi! Bir klip o‘rtacha 1000 dollarga tushsa, uni birgina telekanalda bir marotaba ko‘rsatish 100-150 dollar bo‘lsa , kuniga ikki uch maxal namoyish qilib bir oyda 3000 dollardan oshsa... San’atkorni boy deyishadi, ammo uni mana qarang xarajatlari-chi?! Men xozir o‘rtacha xisobni aytdim. 2000 dollardan aranjirovka qiladigani va 5000 dollardan kamiga klip olmaydigan klipmeykerlarimiz yetarli! Xalq yillar davomida pul yig‘ib to‘y qiladi desangiz, bu summani artist bir kunda sarf qiladi. To‘ylarga artistni zo‘rlab tiqishtirilmaydiku. O‘zlari shuni istashadi.

Ishsizlik... Birgina xonanda bir necha ishchini ish bilan ta’minlab, necha oilalarni ro‘zg‘ori tebratishiga sababchi bo‘ladi. Bu xonandani ma’muridan to boshqa ishchilari, sozanda va xokazolari bilan aytganda! Oddiy stilist va tikuvchilarga xam ishi tushdimi demak ularda xam pul shu xonanda ortidan keladi. Xar kuni to‘ydan avval stilistga boradigan xonandalar serob!

Artist narxi to‘yga tushirilsa. Unda avvalo telekanal, radio, qo‘shiq yozadiganu klip oladiganlarni narxini tushiring. Shuni avval loyixa qilib ko‘rib chiqilishi kerak.

 

Xo‘sh, loyixani ko‘rib chiqayotganlar avvalo nimalarni inobatga olishi kerak ekan?

Mana sizga qisqa va lo‘nda tartibli va kerak bo‘lsa raqamlab chiqilgan vaziyatning muxim taraflari!

 

Xamma biladi meni saytim asosan san’at olamida tanqidiy yo‘nalishda va xozir bir yollanganlik yoki birovni yonini olib maqola chiqaryapti deb bilishlik g‘alati tuyulsa kerak, ammo o‘sha o‘zimni bir so‘z bilan ta’riflaydigan TO‘G‘RISIDE yo‘nalishimga xos bu fikrlarim! Ochig‘ini aytish kerak!

 

San’atda muammolar so‘nggi paytlar ko‘ryapsiz, ancha tortilib qolgan. Ko‘z tegmasin yarim yalang‘och va videolar tarqamayapti, zapretlaram yo‘q (Ozodadan tashqari), jonli ijroga urg‘u katta, xatto guruxlaru ansambllar mana jonli konsertlar berishyapti. To‘g‘risini gapirish kerak!

Xonandani to‘ydan mosuvo qilishdan avval, bu xaqida xalqning talabi, shaxsiy xudud bayramiga ta’sir ko‘rsatish, to‘ylardagi noprofessional guruxlarni rivojlanishi, shundog‘am buzilayotgan mualliflik xuquqlari mutlaq yo‘qolishi, xonanda va uning atrofidagilarni mutlaqo san’atni to‘xtatishi kerakligini o‘ylayapsizlarmi?

Yo endi yoppasiga yurtimizdan san’at axli xam chiqib ketsinmi?

Yetar, shuncha kuchli ijodkoru o‘z kasbini yetuk mutaxxassislarini yo‘qotib bo‘ldik.

Xammasi o‘zga yurtlarni ravnaqiga xissa qo‘shmoqda. Sanab berish shartmas, bu fan va sport soxasidanam bor. Tadbirkor va oligarx deb atalmishlarni aytmasa xam bo‘ladi. Mana shular ketidan yurtda ko‘p soxalar to‘xtab qolganiga xam ishsizlik yuzaga kelib vatandoshlarni aksari xam tirikchilikka o‘zga mamlakatlarda ishlab yuribdi.

Bu xammasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Yana biriga bolta urish shartmikan?

Xozirgi davr KISLOROD davri!

Kislorodni qisish emas, uni xamma yo‘nalishlarga ochib berish davridek xis qilyapmiz.

Bu faqat so‘zda emas, amalida xam bo‘lsin!

Xammaga salyut!



Manba:sayyod.com
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5677 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to'y, To‘y xashamlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Bobur_1995 Chet elda artislar tuylardan topayaptimikan shuncha pullarni
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное