Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

To‘ylar bo‘yicha Prezident va’da qilgan qaror tayyor!


“To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bugun, 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qaror loyihasida

– fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari qoshida aholiga, birinchi navbatda uning kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga arzonlashtirilgan xizmat ko‘rsatadigan 150 tagacha o‘rinli to‘yxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

– oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda aholiga oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni arzon narxlarda yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tuzilmalarni tashkil etish choralarini ko‘rish;

– oilaviy tadbirlarda san’atkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar) tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish, bunda san’atkorlarning shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishini, xizmat ko‘rsatish narxlarining eng yuqori miqdorini, shuningdek, oilaviy tadbirga faqat bir nafar san’atkorni (guruhni) jalb etish borasidagi cheklovni o‘rnatish;

– oilaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha shartnomalarning namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

– oilaviy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan to‘yxona, restoran va kafelarning infratuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, yangi qurilayotgan binolarni belgilanayotgan talablarga muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish kabi masalalar muhokamaga qo‘yilgan.

Qaror loyihasida keltirilishicha, to‘y-hashamlar soat 10:00 dan 23:00 gacha, osh berish marosimlari soat 12:00 dan 15:00 gacha o‘tkaziladi. Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

To‘y-hashamlarda 150 nafargacha, osh berish marosimlarida 200 nafargacha kishi qatnashadi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11842 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qaror tayyor, va’da qilgan, Prezident, To‘ylar bo‘yicha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное