Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

"Tolibon" mulla Umarning o‘limi haqidagi xabarlarni inkor qildi

"Tolibon"ga tegishli Voice of America radiostansiyasi 29 iyul kuni OAVlarda tashkilot rahbari mulla Muhammad Umarning o‘limi haqida tarqalgan xabarlarni rad etib chiqdi.
"Tolibon"ning Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralarida ishtirok etayotgan vakili ham yetakchining o‘limi haqidagi xabarlar yolg‘onligi haqida aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mulla Umar tirik, uning o‘limi haqidagi xabarlar esa uning qaerdaligini aniqlashga qaratilgan navbatdagi mish-mishlar hisoblanadi.
Bugun Afg‘oniston va Pokistondagi OAVlar orqali "Tolibon" jangarilariga 20 yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchilik qilib kelgan mulla Umar bundan 2-3 yil oldinroq o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Afg‘oniston hukumati ayni vaqtda bu ma’lumotni tekshirmoqda.
Ma’lumot uchun, mulla Umar pushtunlar urug‘i vakili hisoblanib, 1960 yilda kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. U islom nazariyasidan ta’lim olgach, 1979-1989 yillar mobaynida Sovetlar armiyasi va Afg‘oniston hukumatiga qarshi janglarda ishtirok etgan. U 1994 yilda "Tolibon" tashkilotini tuzgan va Afg‘onistonning katta qismida nazoratni qo‘lga olgan. U 1996-2001 yillarda Afg‘oniston prezidenti sanalgan.
2001 yilning 11 sentyabrida AQShda amalga oshirilgan teraktlarga uning aloqadorligi gumon qilingach, AQSh armiyasi Afg‘onistonga bostirib kirgandi.
Amerikaliklarning maxsus xizmatlari uning Pokistonning Kvetta shahriga yashiringani haqida xabar qilishgan. AQSh bu odamning boshi uchun 10 mln dollar mukofot e’lon qilgan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5317 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tolibon, mulla Umar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное