Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Tolibon” Afg‘onistondagi mustaqil saylov komissiyasini tarqatib yubordi

Afg‘onistonda “Tolibon” harakati Mustaqil saylov komissiyasini hamda Saylov shikoyatlari bilan shug‘ullanadigan komissiyani tarqatib yubordi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

“Tolibon” matbuot kotibi Bilol Karimiyning ta’kidlashicha, bunday komissiyalarning faoliyatiga hech qanday ehtiyoj yo‘q.

Shuningdek, yaqinda ikkita vazirlik – tinchlikni saqlash ishlari va parlament ishlari bilan shug‘ullanadigan vazirliklar tugatilgan.

Afg‘onistonning sobiq rasmiy vakili Halim Fiday mamlakatdagi prezidentlik va boshqa saylovlarni nazorat qilib kelgan komissiyaning tarqatib yuborilishini qoraladi.

Avgust oyida hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakatining yuqori lavozimli a’zosi Vahidulla Hoshimiy Afg‘oniston demokratik davlatga aylanmasligi, unda shariat qonunlari amal qilishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda hokimiyat tuzilmasi “Tolibon” hukmronligining avvalgi davri: 1996—2001-yillardagi davlat tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi.

Sentabr o‘rtalarida “Tolibon” Ayollar masalalari bo‘yicha vazirlikni tugatib, uning o‘rniga Saxovatni targ‘ib qilish va illatlarni yo‘qotish vazirligini tuzgani, dekabr oyida Afg‘oniston milliy armiyasini shakllantirishga kirishgani haqida xabar berilgandi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 966 | Рейтинг: 0| Рейтинг: saylov, Tolibon, Afg‘onistondagi, tarqatib, komissiyasini, yubordi, Mustaqil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное