Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov: «Til – millat ko‘zgusi»


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov rus tiliga rasmiy maqom berish bo‘yicha takliflarga o‘z munosabatini bildirdi.

Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘ul,
Hayotingni zanjirli yili
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

Ulug‘ tarixingga qilaman xitob,
Navoiy she’rining guli,
Kechmish zamonlarning tirik guvohi,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.

(Rauf Parfi)

1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Hali mustaqillik epkinlari esmay turib, ona tilimiz o‘zining munosib maqomini topdi. Bu mamlakatimiz, shuningdek, qalbida milliy g‘urur hissini tuygan yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Shu bilan birga, tilimizning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash, yuksaltirish uchun ham beqiyos imkoniyat yaratildi.

Ma’lumki, dunyodagi 200ta til bugunda davlat tili maqomiga erishgan bo‘lib, shular orasida o‘zbek tili ham bor. Bu esa, har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi, uning hayotimizda o‘rnini topishi o‘zligimizning namoyon bo‘lishidir. Ayni chog‘da orzu-umidlarimiz, o‘zligimiz bo‘y ko‘rsatadigan qalbimiz oynasi hamdir. Shunday ekan, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeyini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz kerak. Zero, til bor ekan, millat barhayot, uning istiqboli nurli va charog‘ondir. Tarix silsilasida tilimiz ne-ne qarshiliklarga uchramadi. Har safar ularni yengib o‘tib, oldimizda o‘z go‘zalligini namoyon qildi.

  1. bir necha kunki, ba’zi «ziyoli»larning rus tiliga rasmiy maqom so‘rab yozilgan murojaat xati millatimizning barcha jonkuyarlarini o‘zaro birlashib, tilimizni asrash yo‘lida birlashtirmoqda. Ma’lumki, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga bu yil 30 yil to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir», deb ko‘rsatib qo‘yilgan. 24 moddadan iborat bo‘lgan «Davlat tili haqidagi» Qonunning 2-moddasida «O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga mone’lik qilmaydi», deb yozilgan. Qonunning 3-moddasida esa «Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar», deb belgilangan. Bulardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillarining tiliga ham huquqiy maqom berilgan.

Xalqning ma’naviy olami dastlab uning tilida aks etadi. Xalqning tili asosida uning ruhiyati va ma’naviy qiyofasi haqida hukm chiqarish mumkin. Xalqimizda til bilgan el biladi, deya bejiz aytilmaydi. Shu sababli, boshqa tillarni o‘rganish uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tillarni o‘rganish o‘z ona tili hisobiga amalga oshirilishi kerak emas.

Bugungi globallashuv davrida o‘zbek tilining qo‘llanishini zamona talablariga muvofiq olib borishimiz kerak. O‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan tarjima qiladigan elektron tizimlarni yaratishni tezlashtirishimiz zamonaviy ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida qo‘llashimiz darkor. Barcha tashkilotlar davlat tili bo‘lmish o‘zbek tilida ish yuritishi uchun olimlarimiz tomonidan har bir sohaning terminologiyasi ishlab chiqilishi zarur. Buning uchun o‘zbek tilini zamonaviy ilm-fan tiliga aylantirishimiz bugungi kunning talabidir. Shundagina boshqa til vakillari ham tilimizni hurmat qilishadi va tan olishadi. Zero, Cho‘lpon aytganidek: «Til yashasa – millat yashar!»

Darhaqiqat, millat bor ekan, til ham yashaydi. O‘zini shu ajoyib makon – nurli O‘zbekistonning farzandiman degan odamni, qayd etilgan fikrlar o‘ylantirmasdan qo‘ymaydi, so‘ng esa uning taqdiri uchun kurashlarga chorlaydi. Ana shu kurashlar esa uning o‘zligini, ona tilisi – o‘zbek tilining shukuhini his qilishga undaydi. Mana shu shukuh unda milliy g‘ururni shakllantiradi. Ayni chog‘da, tilga – ona tiliga muhabbatini uyg‘otadi. Tiliga nisbatan qalbida muhabbat bo‘lgan odam ona Vataniga, xalqiga xiyonat qilmaydi.

Tilimiz esa o‘zining qudratiga, kuchiga ega bo‘ladi. Xalqimiz hech qachon asrlar davomida o‘zligini yo‘qotmaydi.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2050 | Рейтинг: 0| Рейтинг: rektor, Til – millat ko‘zgusi, Sadriddin Turobjonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное