Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonning 10 rektori ishdan olindi


«Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida» Hukumat qarori (82-son, 14.02.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar:

Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdugani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Baxodir Boypulotovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdievich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

Botir Shukurillaevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuxrat Axmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Azamat Muxitdinovich Shamsiev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

Jasur Alimdjanovich Rizaev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

Orifjan Shadievich Bazarov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Maxmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Sharibboy Tulanovich Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Sharipovich Kenjaboyev ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Mamirjon Yusupovich Atadjanov Qo‘qon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon G‘ulomjonovich Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Abdullajon Kadirovich Xamrakulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori - Filial direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3233 | Рейтинг: 0| Рейтинг: lavozimga tayinlandi, rektor, ozod etildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное