Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda favqulodda holat joriy qilish taklif qilindi

Koronavirus infeksiyasidan kasallanishning yanada ko‘payishini oldini olish maqsadida «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan karantin rejimini kuchaytirish taklif etdi.

Xususan:
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida favqulodda holat joriy etish;
- Karantin shartlariga rioya etilishi ustidan lozim darajadagi nazorat olib borish uchun armiyani qisman safarbar etish;
- Butun respublika hududida temir yo‘l, havo yo‘llari, avtomobil transporti orqali yo‘lovchilarning shaharlar va tumanlararo harakatlanishini cheklash;
- Joylarda, ayniqsa mamlakatning chekka hududlarida ko‘chma punktlar va laboratoriyalar tashkil etish va ularni koronavirusni aniqlovchi ekspress-testlar bilan ta’minlash;
- Covid-19 virusini aniqlashga mo‘ljallangan ekspress-testlarning importi va realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektorni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash;
- Epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, jumladan barcha muassasa va tashkilotlar, jamoat joylari (transport, dam olish joylari,savdo markazlari,bozorlar,yonilg‘i quyish shahobchalari, ko‘p qavatli binolarning kirish joylari) binolarini bepul dezinfeksiya qilish;
- Alohida korxona va tashkilotlarni zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirish, masalan, shaxsiy himoya vositalari( tibbiy niqob, respirator va b.), antiseptik vositalar, preparat va uskunalar (sun’iy nafas oldirish apparatlari);
Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini, shu jumladan hududlarda zarur tibbiy dorilar va vositalar, oziq-ovqat va boshqa zaruriy mahsulotlarni yetkazib berish xizmatlarini kengaytirish.
Eslatib o‘tamiz, 24 martdan boshlab Toshkent shahridan kirib-chiqishga cheklov qo‘yildi. 


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3112 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkentda, favqulodda holat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное