Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Piano Version
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Merlin-Soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda ommaviy janjallashgan bolalarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Toshkent shahrida futbol o‘ynagani kelgan voyaga yetmagan bolalar o‘zaro janjal sodir qilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan bolalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 mart kuni soat 23:00 larda voyaga yetmagan 18 yoshli B.F. do‘stlari bilan Yangihayot tumanidagi mini-stadionda futbol o‘ynayotgan vaqtida 21 yoshli J.R. va 20 yoshli F.M. ularga shovqin solmasligini aytib, e’tiroz bildirgan. Oqibatda ular o‘rtasida og‘zaki janjal boshlangan va shu atrofdan o‘tib ketayotgan fuqarolar ularni ajratgan.

Oradan biroz vaqt o‘tib, soat 23:30 larda B.F. va uning 22 yoshli akasi B.R. Mirobod tumani Qo‘yliq-4 mavzesida J.R., F.M., 21 yoshli U.M., 19 yoshli A.N. bilan janjallashgan. Oqibatda aka- ukalar – B.F. chap kaft sohasi kesilgan jarohati, bosh sohasi shilinmasi, B.R. esa burun suyagi sinishi, yuz sohasi yirtilgan jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Aytish joizki, avvalroq IIBB mazkur janjal shunchaki og‘zaki tortishuv ekanligini hamda fuqarolar tan jarohati olmaganini aytgan edi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 642 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘zg‘atildi, ishi, jinoyat, bolalarga, Ommaviy, Toshkent, janjallashgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное