Bojalar - Jana (Video C... Bojalar - Jana (Video C...
Shohruhxon - Gulim (Vid... Shohruhxon - Gulim (Vid...
Ozoda - Tala'a Al-Badru... Ozoda - Tala'a Al-Badru...
Farruh Komilov - Pariro... Farruh Komilov - Pariro...
Umidaxon - Hayotim (Vid... Umidaxon - Hayotim (Vid...
Shoira Otabekova - Xiyo... Shoira Otabekova - Xiyo...




Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ayol Qalbi - You can't say
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Merlin-Soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qo'rqmas - soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda Rossiyaning yana bir universiteti filiali tashkil etiladi
Toshkent shahrida “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etiladi.

Prezidentning “Toshkent shahrida “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahrida “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Quyidagilar Filialning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
maktabgacha ta’lim tizimi uchun oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan umumiy e’tirof etilgan xalqaro talablarga hamda ta’lim dasturlariga muvofiq yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash;
zamonaviy ta’lim dasturlari, o‘qitish metodlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda pedagogika fanining so‘nggi yutuqlarini tatbiq etish, pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash;
maktabgacha ta’lim, korreksion pedagogika, psixologiya sohalari hamda boshqa ilmiy – metodik tarmoqlari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar o‘tkazish, o‘quv jarayoni sifatini oshirishga yo‘naltirilgan maqsadli innovasion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta’lim va fanning sifatini oshirish, ta’lim-fan uzviyligi va uzluksizligini hamda o‘qitish va ilmiy-tadqiqot faoliyati integratsiyasini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish orqali pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim sohasi boshqaruvi organlarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari, jumladan, hududlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talablari asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish;
o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan masofaviy ta’lim metodlarini keng joriy etish, shuningdek raqamli texnologiyalar va elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish hamda amalda tatbiq qilish;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes-hamjamiyatlari bilan ta’lim va ilmiy-metodik sohalarda uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish.
Belgilab qo‘yilishicha:
Filial Universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Filial kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan va kelishilgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
Filialda ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlari asosida Rossiya Federatsiyasining ta’lim standartlariga muvofiq rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi;
Filial kadrlar tayyorlashni kunduzgi ta’lim shaklida olib boradi, shuningdek sirtqi ta’lim shakli va aralash ta’lim shakllari (blended learning) ham qo‘llanishi mumkin;
Filialda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan yo‘nalishlar va dasturlari asosida boshlanadi;
Abiturientlarni qabul qilish va filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilangan talablar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi;
Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunasidagi diplomi beriladi;
Filialning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Toshkent shahar, Navoiy shoh ko‘chasi, 22-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar operativ boshqarish huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga beriladi hamda Filial beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2514 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yana bir, Rossiya, universiteti, filiali tashkil etiladi, Toshkentda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 01:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
. Benom - Daydi (remix)  
. Zohirshoh Jo'rayev - Muhabbatdan yaralgan dunyo  
. Dilso'z feat. Bahodir Nizomov - Senden Haber Yok  
. Yulduz Turdiyeva - Xush Ko'rdik  
. Abduvali Rajabov - Chaki Chaki  
. Zohirshoh Jo'rayev - Alvido  
. Ali Otajonov - Hayit Muborak Bo'lsin (2020)  
. Sardor Rahimxon - Xayr Oylar Sultoni Mohi Ramazon (2020)  
. Hojiakbar Haydarov - Allah Güzel  
. Zohid - Munir Oy  
. Kaniza - Malina  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Dilam (Piano Version)  
. G'ulomjon Yoqubov - Sog'inmabsanda  
. Yusufxon Nurmatov feat Xayrulla Hamidov - Ayirma Joynamozimdan  
. Sayyora Qoziyeva - Nega-nega  
. Jamshid Abduazimov - Ikki Yurak (Remix)  
. Shoxruz (Abadiya) - Vafosizim  
. Yulduz Turdiyeva - Inja Biyo  
. Sharq Guruhi - Shifokorlar  
. Sardor Rahimxon - Avliyolar Oramizda  

Самое Популярное
. VIA Marokand - Sevgi
. Zohid - Yo'qsan
. Umar Shamsiyev - Lolam
. O'g'irlanmagan Kelin - Medi Laga Kirakna
. Farrux Xamrayev - Ado qilding
. Shohruhxon - Sevmadimmi
. Feruza Jumaniyozova - Nadi
. Otabek - Har Kuni Bayram
. Nilufar Usmonova - Kelaqol
. Rayhon - Mahzun bo'lma