Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Tramp: “O‘limlar hali ko‘p bo‘ladi!”

AQSh Prezidenti Donald Tramp ushbu va keyingi haftalarda mamlakatda koronavirus sabab ko‘p sonli o‘limlar sodir bo‘lishini ma’lum qildi. U bu haqda 4 aprel kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda gapirdi.

"Biz bundan omon qolamiz, ammo bu va kelasi hafta juda ko‘p o‘lim bo‘ladi", dedi Amerika rahbari.
Shu bilan birga, u ommaviy axborot vositalarini koronavirus haqida mish-mishlar tarqatmaslikka va aholi orasida vahima qo‘zg‘atmaslikka chaqirdi.
"Ba’zi ommaviy axborot vositalarining yolg‘on mish-mishlarni tarqatmasligi, jamiyatda qo‘rquv va vahima qo‘zg‘amasligi juda muhimdir. Bu aqlga sig‘maydi. Menimcha, ular bu ishlarni shunchaki reytingda yuqorilash uchun qilishmoqda", dedi Tramp.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatda 305.820 yuqtirish va 8291 o‘lim holatlari qayd etilgan.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3689 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tramp, ko‘p bo‘ladi, O‘limlar, Hali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное