Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Twitter’da Shumaxerni “o‘ldirishdi”


Ko‘pincha fojialar haqidagi yangiliklarda kuzatilganidek, bir haftadan buyon dunyo ahli e’tiborida bo‘lib kelayotgan voqealar – afsonaviy avtopoygachi Mixael Shumaxerning holati borasida ham yolg‘on xabarlar chiqa boshladi. Ommaviy axborot vositalari, ishonchli bo‘lmagan manbalarga tayangan holda, hatto uni "o‘ldi”ga ham chiqarishgan, deydi Tjournal.ru sayti.

Twitter’da Shumaxerning o‘limi haqidagi ilk tvit Gazeta.ru saytining norasmiy akkauntida paydo bo‘lgan. Mazkur akkaunt saytning o‘ziga havola bergan holda yangiliklar sarlavhalarini e’lon qilib kelayotgani bois xuddi haqiqiydek taassurot uyg‘otdi.

Agence France-Presse’ning xabar manbasi sifatida ko‘rsatganligi va akkaunti haqiqiysiga monandligi ish berib, uning Shumaxer o‘lganligi haqidagi tvitini @rutnet1 degan foydalanuvchi ko‘chirib olib, ancha ommabop bo‘lgan Big Picture mikroblogida e’lon qilgan. Ko‘pchilik o‘quvchilar ishonishmasa-da, avtopoygachining vafoti xususidagi xabar yana taxminan yarim soat davomida tarqalgan.

https://twitter.com/bigpictureru/statuses/419400341327978496

Oradan sal vaqt o‘tib, Gazeta-Sport rasmiy mikroblogi Shumaxer o‘limi haqida xabar bergan. Mazkur tvitda AFP haqida gap yo‘q, berilgan havola esa "Shumaxer og‘ir ahvolda” sarlavhali xabarga eltar edi.

Ammo yana bir necha daqiqa o‘tib, Gazeta-Sport bu xabarini saytdan o‘chirgan, uning tvitlarida esa bu boradagi xabari uchun kechirim so‘ralgan. Shuningdek, @rutnet1 ham, mazkur chalkashliklarni boshlab bergan Gazeta.ru’ning soxta akkaunti ham bu haqdagi tvitlarini o‘chirib tashlashgan.

29-dekabrda mashhur avtopoygachi Mixael Shumaxer Alp tog‘larida chang‘i uchayotib, boshidan jarohat olgan va hozirgacha kasalxonada sun’iy koma holatida, jiddiy nazorat ostida saqlanmoqda. Keyingi kunlarda uning salomatligi barqarorlashganligi aytilmoqda, ammo Shumaxer tildan qolishi va tanasining yarmi ishlamay qolishi ehtimoli mavjudligi haqida ham xabar qilingan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2654 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Twitter
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное