Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

UFC eng kuchli jangchilar reytingini yangiladi
Avstarliyalik mashhur MMA jangchisi Aleksandr Volkanovski UFC’ning yangilangan reytinggida vazn toifasidan qat’i nazar (pound for pound) promoushenning eng kuchli jangchisi deb topildi. Bu haqda UFC'ning rasmiy saytida xabar berildi. 

Kuchli uchlikdan Yangi Zelandiya vakili Israel Adesanya va braziliyalik “bog‘ma ilon” Charlz Oliveyra joy olgan. Yaqinda chempionlik kamarini Leon Edvardsga boy bergan Kamaru Usman ushbu reytingning 4-pog‘onasida turibdi. Kamaruni mag‘lub etgan Edvardsga 6-o‘rin nasib etgan. Qayd etish kerakki, Leon o‘tgan safargi reytingda umuman ko‘rinmagan edi.

Vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli UFC jangchilari bilan tanishing:

1. Aleksandr Volkanovski

2. Israel Adesanya

3. Charlz Oliveyra

4. Kamaru Usman

5. Frensis Ngannu

6. Leon Edvards

7. Aldjemeyn Sterling

8. Dastin Pore

9. Deyveson Figeredo

10. Irji Proxazka

11. Maks Xollouey

12. Jon Jons

13. Stipe Miochich

14. Petr Yan

15. Brendon Moreno.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin tuzilgan reytingda Kamaru Usman yetakchilik qilayotgan edi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1929 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangiladi, UFC, eng, reytingini, kuchl, i jangchilar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное