Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Uitni Xyustonning qizi komadan chiqmasligi mumkin(mi?)

Shu yilning 31 yanvar kuni mashxur va hamma uchun sevimli bo‘lgan marhum qo‘shiqchi Uitni Xyustonning yagona farzandi Bobbi Kristina Braun Rozuell shahridagi kasalxonaga behush holda olib kelingan.
21 yoshli Bobbini o‘z uyining yuvinish xonasida turmush o‘rtog‘i Nik Gordon va uning do‘sti Maks Lomaslar bexush holda topishgan. Tez yordam xizmati chaqirilgach, ular vaqtni boy bermaslik uchun barcha kerakli muolajalarni qilishgan, biroq uni o‘ziga keltirishning iloji bo‘lmagan. Bobbining qon tahlillarida narkotik moddalar aniqlanmagan. Ko‘rsatilgan birinchi yordamdan so‘ng ham o‘ziga kelmagan Bobbini sun’iy koma xolatiga o‘tkazishdi. Bugungacha ham Bobbi o‘ziga kelganicha yo‘q.
Tahminlarga ko‘ra, uning miya faoliyatida o‘zgarish yuz bergan bo‘lishi ham mumkin. Chunki u inson sezishi mumkin bo‘lgan tashqi omillarni sezmayapti. Chet el ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, Bobbining ahvoli jiddiy va u sun’iy koma holatidan chiqmasligi ham mumkin.
Shuningdek, shifokorlar yaqin kunlarda uni sun’iy koma holatidan chiqarishlari, ya’ni apparatni o‘chirish ehtimoli ham borligini xabar qilgan. Voqealar rivojini kuzatamiz. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3717 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Uitni Xyuston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное