Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Uitni Xyustonning qizi 22 yoshida vafot etdi

Marhum qo‘shiqchi Uitni Xyustonning qizi Bobbi Kristina Braun 22 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda E! Online nashri xabar bergan.
Bobbi Braun va Uitni Xyustonning farzandi bo‘lgan Kristina ham san’at sohasida faoliyat ko‘rsatib, realiti-shoularning doimiy ishtirokchisi bo‘lgan qo‘shiqchi edi.
U oxirgi 7 oy davomida miyasidagi xastalik tufayli koma holatida bo‘lgandi.
Iyun oyi oxirida uni uyiga qaytarib yuborishgandi.
Ma’lumot uchun, 2015 yil 31 yanvarda Bobbi Kristina o‘z uyidagi vannaxonada behush holatda topilgan. Uning turmush o‘rtog‘i Nik Gordon va do‘sti bemorni shifoxonaga olib borishgan. Bobbi Kristinaga miya shishi tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlar qizni sun’iy koma holatiga o‘tkazganlar. 3 oy o‘tib, aprel oxirida qiz o‘ziga kela boshlagan. Iyun oxirida Bobbi Kristina og‘ir kasallarni davolovchi shifoxonaga o‘tkazilgan edi.
Qizning onasi mashhur xonanda Uitni Xyuston ham 2012 yilning 11 fevralida Beverli-Xillzdagi mehmonxonalardan biridagi xonaning vannaxonasida behush holda topilgan edi. Shifokorlar o‘sha kunning o‘zidayoq afsonaviy xonandaning o‘limini qayd qilishgan.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5500 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Uitni Xyuston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Muslima979797 :'(
Like | 0
NaTaLi Eh
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное