Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug‘bek Rahmatullaev: Konsertda ayollarimiz uchun katta sovg‘a bor

Ayni damda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga katta tayyorgarlik olib borayotgan xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev  kun-u tun ijod qilish bilan band. U o‘zining ijodiy jamoasi bilan muxlislari uchun kutilmagan sovg‘alar tayyorlamoqda. Tayyorgarlik jarayoni qanday kechayotgani haqida xonanda instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali  ma’lumotlar berib bormoqda. Ulug‘bek Rahmatullaevning so‘zlariga qaraganda, joriy yildagi konsert dasturida muxlislar, uning ijodidagi xit darajasiga chiqqan qo‘shiqlar bilan birga, ketma-ket 10 ga yaqin yangi taronalarni ham birinchilar qatorida tinglash baxtiga muyassar bo‘ladilar.
Qolaversa, ayollarimiz uchun Ulug‘bek Rahmatullaev kutilmagan katta sovg‘a tayyorlamoqda. Shuningdek, u tayyorgarlik ishlaridan ortib, yangi albom ustida ham ishlamoqda. Bu albom xonandaning konsert dasturida tuhfa qilinishi ko‘zda tutilgan. Ko‘rib turganingizdek yangiliklar bisyor. Biroq barcha sirlarni oldindan oshkor etish niyatidan yiroqmiz. Barcha-barchasiga o‘zingiz konsertga tashrif buyurib guvohi bo‘lishingiz mumkin. Biz esa Ulug‘bek Rahmatullaevga omad tilagan holda yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2688 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ulug‘bek Rahmatullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное