Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug‘bek Rahmatullaev: “O‘zimga o‘zim yoqmayman!”


“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko‘rsatuviga tashrif buyurgan xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev o‘z hayoti va ijodi haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.

“Hozir ilk ijodim namunalarimni tomosha qilsam, o‘zimni ko‘rgim kelmaydi. Juda ajoyib uslubda bo‘lganman (kulib), sochlarim jingalak, qarashlarimni kuzatsam, o‘sha paytda nimani o‘ylagan ekanman, degan xayolga boraman. Biroq o‘tmishimga nazar solsam, qiyinchiliklarga uchraganim, insonlarning menga ishonmaganlari esimga tushadi. Lekin hozir hamma sinovlardan o‘tganimga shukr qilaman.

Yillar otamga o‘xshab borayotganimni sezishimga yordam beryapti. Otamning suratlariga qarasam, ularda o‘ziga xos hatti-harakat, sifatlarni ko‘raman. Menda ham bu o‘xshashliklar borgan sari sezilmoqda, o‘tirishim, ko‘z qarashilarimga e’tibor bersam, otamga o‘xshab qolibman deyman. Hattoki bugungi kunda sochlarimda oq tolalar ham ko‘rinib qolibdi. Buni ko‘rgan otam “Tabriklayman, o‘g‘lim sochingizga oq tushibdi”, dedilar. Men padari buzrukvorimning bu so‘zlaridan ilhomlanib, “Ota” taronasini ijro etdim.

15-20 yillab farzand ko‘rmagan oilalar xizmatiga borib qolsak, «Chaqaloqlar» taronam yangrashi bilan ularning o‘zlarini tutishlarini ko‘rsangiz edi. Butun xonadon egalari ularga qo‘shilib ko‘z yosh to‘kishadi. Ba’zan ortimga qarasam, sozandalarim ham yig‘layotgan paytlar bo‘ladi. Balkim yillar o‘tib, meni hech kim eslamas, ammo insonlarning dil tubiga yetib borgan bu qo‘shig‘imning umri boqiydir. Ijodkor o‘ldim-kuydimdan tashqari hayotiy mavzuda ham qo‘shiq kuylashi, uni eshitgan odamning yashashga ishtiyoqi oshishi, qalbi quvonchga to‘lishi lozim, deb hisoblayman”.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2564 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ulug‘bek Rahmatullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное